Salomatlik Salomatlik O‘zbekistonda tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tabobat akademiyasi a’zolari Turkiyada malaka oshiradi

O‘zbekistonda tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tabobat akademiyasi a’zolari Turkiyada malaka oshiradi

O'qildi: 292


O‘zbekistonda tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tabobat akademiyasi a’zolari Turkiyada malaka oshiradi

O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Tabobat akademiyasi a’zolari Turkiyada malaka oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Tabobat akademiyasi raisi, kimyo fanlari doktori, professor Ibrohimjon Asqarov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” 

Professor Ibrohimjon Asqarovning ta’kidlashicha, akademiya a’zolarini malakasini oshirish, o‘zaro tajribalarni almashish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahrida zamonaviy tibbiyot hamda an’anaviy tabobat sohasi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan.

“Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga ko‘ra, Yevropa standartlari asosida ishlovchi shifoxonalarda o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari va tabiblar malakasini oshirishga kelishib oldik. Tabobat akademiyasiga a’zo bo‘lgan shifokorlar va tabiblar u yerda tibbiyotning barcha yo‘nalishlari, shuningdek, tabobat sohasida o‘quv kurslarida qatnashadi”, — dedi akademiya rahbari.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, shifokorlar va tabiblarni o‘qishi va yashash xarajatlari akademiya mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

“Turkiyada malaka oshirish istagida bo‘lganlar akademiya a’zolari orasidan tanlov yo‘li bilan saralab olinadi. O‘qish kurslari kelishuvga ko‘ra, bosqichma-bosqich davomiy ravishda yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi Ibrohimjon Asqarov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Tabobat akademiyasi hozirda Yaponiya va Malayziyadagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kelgusida Finlyandiya bilan hamkorlik qilish va tibbiyot yutuqlarini O‘zbekistonda ham joriy etish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:

  • SSV vakili: Qisqa vaqt ichida tabiblarga litsenziya berish yo‘lga qo‘yiladi
  • Yaponiya meditsina assotsiatsiyasi raisi: Tabobat bilan shug‘ullanuvchilarga yanada ko‘proq erkinlik berish kerak
  • Тabobat akademiyasi kaltaklanayotgan shifokorlarni himoya qilishda davlat organlariga ko‘maklashmoqchi
  • Tabobat akademiyasi raisi: Tabib shifokorni, shifokor esa tabibni tan olishi kerak


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.