Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasining ishdan chiqayotganidan darak beruvchi 5 belgi

Kir yuvish mashinasining ishdan chiqayotganidan darak beruvchi 5 belgi

O'qildi: 363


Kir yuvish mashinasining ishdan chiqayotganidan darak beruvchi 5 belgi

Baland ovoz va tozalash ko‘rsatkichlarining yomonligi kir yuvish mashinasinining almashtirish vaqti kelganidan darak bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Hech kimga sir emaski, kir yuvish mashinalarining ishlash muddatiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar mavjud. Avvalo, u sifat bilan ham bog‘liq. Yana suv, isitish elementining holatiga qarab u muddatidan oldin ishdan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, hatto eng qimmat kir yuvish mashinasi ham buzilishi mumkin. Albatta, ishlab chiqarishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, xizmat muddatiga ta’sir qiladi. Shuningdek, kir yuvish mashinasi qaysi brendga tegishli bo‘lishi muhim emas, bir necha yildan so‘ng u boshqa narsalar kabi eskira boshlaydi.

Kir yuvish mashinasi barabani yaxshi aylanmasa

Kiyimlar kir yuvish mashinasidan olinganda, ular o‘ta ho‘l emas biroz nam bo‘lishi kerak. Chunki jarayon oxirida har doim baraban tez aylanishi lozim. Ammo ba’zida baraban ishlamay qolishi mumkin va yuvilgan kiyimlarni chiqarganda o‘ta ho‘l, hattoki suvi oqib turishi ham mumkin.

Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • bosimning noto‘g‘ri ishlashi: kiyimlarni siqib chiqarish rejimi ko‘rsatkich suvning to‘kilganini bildirganda boshlanadi.
  • eskirgan dvigatel: eski dvigatelning kerakli aylanish tezligida aylanishi qiyin bo‘lishi mumkin, ko‘pincha bu cho‘tkalar eskirganda kuzatiladi.
Dvigatelning cho‘tkalari eskirgan bo‘lsa, bu vosita shovqin va hatto uchqun paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvish mashinalarining yangi modellarida cho‘tkalar o‘rniga kuchli magnitlar o‘rnatilmoqda, ular sekinroq eskiradi va shovqin darajasini pasaytiradi.

Mashina suvni to‘kib tashlamasa

Agar baraban suvga to‘lgan bo‘lsa va mashina ishlayotgan bo‘lsa, muammo nasos filtrida bo‘lishi mumkin. Agar filtr tiqilib qolsa, tangalar, tugmalar va boshqa arzimas narsalar drenajni to‘sib qo‘yadi. Drenaj shlangidagi oddiy to‘siqlarni bartaraf etish qiyin emas, lekin filtrning tiqilib qolganligini tekshirishdan oldin suvni to‘kish kerak bo‘ladi.

Mashina shovqin bilan ishlasa

Agar kir yuvish mashinasi barabani qanchalik tez aylansa, shovqin shuncha baland bo‘ladi. Bu, shuningdek, o‘zida ikki xil matodagi kirlarni yuvishda sodir bo‘lishi mumkin, masalan, sochiq yoki ko‘rpacha bilan futbolka qo‘yilganda, qurilma og‘ir hamda yengil matoni yuvishga qiynaladi.

Kir yuvish mashinasi kiyimlarga putur yetkazsa

Bu kir yuvish mashinasini yangilashdan darak beruvchi eng ishonchli belgidir. Kiyimlarga putur yetkazadigan va o‘zining asosiy vazifalarini bajarmaydigan qurilmaning nima keragi bor? Qurilma kirlardan dog‘larni olib tashlashi va yuvish vositalaridan to‘liq chayishi kerak. Aksincha har qanday yuvilishi kerak bo‘lgan kirlarga zarar yetkazsa, natijada undan foydalanish ko‘proq muammo keltirib chiqaradi. O‘ylab ko‘rish lozim, ishdan chiqqan mashinaning o‘rniga yangisini sotib olish yaxshimi yoki har safar kir yuvgandan so‘ng garderobning yarmini yangilash osonroqmi?



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.