Iste’mol sodasidan ro‘zg‘orda unumli foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar
Kundalik ro‘zg‘orda iste’mol sodasidan foydalanishning variantlari ko‘pligidan, ularni birma-bir sanab bo‘lmaydi. “Domashniy ochag” nashri ulardan eng keng tarqalgan va noodatiy, samaralilarini sanab o‘tdi.
Foto: “Domashniy ochag”Iste’mol sodasi nima?
Natriy gidrokarbonat — nozik oq kukun shaklida karbonat kislotasi va natriyning kislotali tuzi. Iste’mol sodasi kislotalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, karbonat angidrid va suvga ajraladi. Bu barchaga tanish bo‘lgan usulni aniq ko‘rsatadi — sodani sirka yoki limon sharbati bilan o‘ldirish. Iste’mol sodasi ortiqcha kislotani zararsizlantiradi, qandolatchilikda eng ko‘p ishlatiladigan kimyoviy xamirturush bo‘lib, shuningdek, mukammal tozalovchi va hidni neytrallashtiruvchi vosita sifatida ham ma’lum.
Mashina boshqaruvida uyqu bossa
Darhaqiqat, mashina haydash paytida yengil soda eritmasini ichish juda mashhur tavsiya edi. Biroq, bugungi kunda shifokorlar sodani dori sifatida ishlatishni maslahat bermaydi, u oshqozon-ichak shilliq qavatini quritadi va uzoq vaqt ishlatilsa, zararli bo‘lishi mumkin.
Sochni soda bilan yuvish
Kosmetika bilan doimiy turmakdan charchagan sochlarni yuvish uchun oddiy shampunga ozgina iste’mol sodasini qo‘shib, sochlarni qalin va toza qilish mumkin. Sochni bo‘yashdan oldin ham soda ishlatish tavsiya etiladi, natijada bo‘yoq sochlarga yaxshiroq mos tushadi.
Gilamdagi kirlarni tozalaydi
Ko‘pincha isitma bilan kechadigan kasallik paytida bolalar qayt qilishni boshlaydi. Agar bu holat to‘shak, divan, gilamda sodir bo‘lgan bo‘lsa, asosiy tozalashdan so‘ng ifloslangan yuzaga soda solish kerak. Asta-sekin supurib yoki changyutkich bilan tozalash tavsiya etiladi. Shunday qilib, iflos joyda hech qanday dog‘, o‘tkir hid qolmaydi.
Uumiy tozalash
Uyni umumiy tozalashda oshxonada faol bo‘lgan iste’mol sodasi qo‘l keladi. Changni tozalashdan 15 daqiqa oldin gilamga soda sepish tavsiya etiladi. Iste’mol sodasiga biroz dolchin qo‘shish mumkin, bu uydagi turli xil noxush hiddan xalos bo‘lish uchun juda yaxshi.
Gilam tozalash retsepti:
- 2 stakan iste’mol sodasi;
- ½ chashka makkajo‘xori yormasi;
- 4 dafna yaprog‘i;
- 1 osh qoshiq dolchin(ixtiyoriy);
Iste’mol sodasi atir sifatida
- Ro‘zg‘orda iste’mol sodasidan yana qanday foydalanish mumkin?Misol uchun, atirlar o‘rniga. Kichik idishda 1 osh qoshiq soda, suv va mato yumshatuvchi bilan suyultiriladi. Idishning qopqog‘ida bir nechta teshiklar qoldiriladi yoki uni havo o‘tadigan mato bilan yopiladi.
- Sovutkichga bir likopchada soda qo‘yilsa, u eskirgan ovqatlardan qolgan yoqimsiz hidni bartaraf etadi.
- Oyoq kiyim hidini yo‘q qilish uchun soda foydalanish mumkin. Buning uchun yarim stakan sodali suv kraxmal bilan aralashtiriladi va har qanday efir moyidan bir necha tomchi qo‘shiladi. Aralashma tayyorlangandan so‘ng uni mato bo‘lagiga quyib, poyabzal ichiga solinadi. Bu undagi barcha yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.
Vanna quvurlari tiqilib qolganda, iste’mol sodasi ularni tozalashga yordam beradi. Tozalash uchun vanna issiq suv bilan to‘ldiriladi, 1-2 stakan soda qo‘shiladi va 10-15 daqiqaga qoldiriladi. Suv oqizilib, yana toza suv bilan yuviladi.
Iste’mol sodasi tishlarni oqartiradi
Iste’mol sodasi va vodorod periks ajoyib oqartuvchi tish pastasini hosil qiladi. To‘g‘ri, shifokorlar ushbu vositani doimiy ravishda ishlatishni tavsiya etmaydi — juda kuchli ta’sir tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.
Iste’mol sodasining super xususiyatlari
Iste’mol sodasi, shuningdek, tish cho‘tkalari, taroqlar va boshqa shaxsiy gigiyena vositalari uchun dezinfeksiyalash vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Yarim stakan iste’mol sodasi kir yuvish kukuni bilan birga kir mashinasiga solinsa, kiyim, sochiq, choyshab va hokazolarni yaxshiroq yuvishga yordam beradi.
Manba