Xol bilan adashtirmang: onkologga murojaat qilish vaqti kelganidan darak beruvchi teridagi o‘zgarishlar
Teri saratoni bu kasallikning eng tajovuzkor va xavfli turlaridan biri hisoblanadi. Har yili milliondan ortiq odam bu kasallikdan vafot etadi. Ushbu kasallikdan himoyalanish uchun terini to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlash, nafaqat plyaj, balki shahar, yoz va hatto qishda ham quyosh nurlaridan asrash zarur. Ko‘pchilik shakli, rangi yoki hajmini o‘zgartiradigan xollarning yomon alomat ekanligini biladi, ammo ayrimlar rivojlanayotgan teri saratoni xolga hech qanday aloqasi bo‘lmagan belgilar bilan ogohlantirilishi mumkin. Bu borada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlarni bilib qo‘yish zarar qilmaydi.
Foto: “fb.ru”Yo‘qolmaydigan husnbuzarlar
Uzoq vaqt davomida yo‘qolmaydigan, ayniqsa, qon ketishi kuzatiladigan toshmalar bo‘lsa, shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish kerak. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu jarayon teri saratonining eng keng tarqalgan shakli bo‘lgan — bazal hujayralari karsinomasi bo‘lishi mumkin.
Terining doimiy ko‘chishi
Kuz va qishda, ayniqsa, ichki havo quruq bo‘lsa, shuningdek, tashqarida havo juda sovuq bo‘lsa, ko‘pchilikning terisi quriganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng terini yumshatish, himoya qilish va namlik muvozanatini tiklash uchun maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ammo teri yuzasida qayta-qayta teri ko‘chishi yuz bersa va uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tirnoqdagi qizil chiziq
Bir yoki bir nechta tirnoqlarda paydo bo‘lgan ingichka qizil chiziq kalsiy yetishmovchiligi tufayli tirnoq plastinkasi ingichkalashib borayotganidan ogohlantiradi. Shuningdek, bu chiziqlar psoriaz hamda qizil liken planus kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda dermotolog ko‘rigidan o‘tishni ortga surmaslik kerak.
Sepkil va dog‘lar
Bahor va yozda aksariyat insonlarning yuziga sepkil toshadi. Yoshga qarab esa qoraygan mayda dog‘lar ham paydo bo‘ladi. Ammo har bir yangi dog‘ni diqqat bilan kuzatib borish va iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir. Agar ular assimetrik bo‘lsa va hajmi o‘zgarib, teri yuzasidan ko‘tarilsa, shuningdek, rangi ham to‘qlashsa, ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘gallar ko‘pincha teri saratonining belgisi bo‘lishi mumkin.
Ko‘p yoriladigan lablar
Sovuq hamda issiq havoda ham lablarni faqat maxsus balzamlar yordamida namlash kerak. Lablarning qurishi nafaqat yoqimsiz, balki xavfli hamdir. Ammo ob-havodan qat’i nazar lablar qurib, yorilib ketsa, dermotolog-onkolog bilan bog‘lanish kerak. Melanoma esa ko‘proq lab terisida rivojlanadi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq
Suyak va bo‘g‘imlar kasallik namoyon bo‘ladigan yana bir muhim joy hisoblanadi. Artrit belgilariga o‘xshash og‘riq, shuningdek, uzoq vaqt davom etadigan va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan ko‘karishlar va gematomalarga ahamiyatli bo‘lish zarur.
Yallig‘langan va shishgan limfotugunlar
Jag‘ va qo‘ltiq ostida joylashgan limfotugunlar kattalashsa va ularga ta’sir etilganda og‘riq paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Immunitet tizimi rivojlanayotgan xavfli o‘simtani shu tarzda namoyon qiladi va kasallikning boshlanishidan ogohlantiradi.
Manba