Qanday qilib kompyuter qarshisida sog‘liqqa zarar yetkazmasdan ishlash mumkin?
O'qildi: 299
Bir kunda kompyuter qarshisida sakkiz-o‘n soatgacha vaqtingizni o‘tkazish bilan siz o‘z organizmingizga jiddiy zarar yetkazishingiz mumkin.
Foto: “Xitrosti jizni”Yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytirish uchun bir necha oddiy qoidalarga rioya qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi:- Ko‘zlaringizni ehtiyot qiling. Zamonaviy texnika eski ekranlarchalik ko‘zlarning sog‘lig‘iga zarar bermaydi. Lekin ularga tushadigan zo‘riqishdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Ekrangacha bo‘lgan masofa yarim metrni, uning egilish burchagi esa — taxminan 30 gradusli bo‘lishiga e’tibor bering. Muntazam ravishda ko‘zlar uchun mashqlar bajarib turing.
- Qomatingizni to‘g‘ri tuting. Kresloni suyanchig‘ining egilish burchagi 30 gradusni tashkil etadigan, o‘tirg‘ich balandligini esa qo‘llarni gorizontal holatda tutishga imkon beradigan qilib to‘g‘rilang. Oyoqlar to‘g‘ri burchak ostida turishi, yelkalar esa— ko‘tarilib ham, tushib ham turmasligi kerak.
- Tanaffuslar qilib turing va mashqlar bajaring. Har yarim soatda 5 daqiqaga ishdan chalg‘ishga harakat qiling, oyoqlarni mashq qildiring va ko‘zlaringizga dam bering.
Manba: “Xitrosti jizni”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.