Kichik bolalarning katta muammolari: birinchi sinf o‘quvchisining maktabga moslashishiga qanday yordam berish mumkin?
Birinchi sinf o‘quvchilariga psixologik yordam — bu ota-onalar qilishi kerak bo‘lgan eng muhim ishlardan biridir. Farzandingiz maktab jamoasiga moslashish davrida duch keladigan to‘rtta asosiy muammo haqida so‘z yuritamiz.
Foto: Getty ImagesMuloqotdagi qiyinchiliklar
Dastlab har bir o‘quvchi ikki yoqlama bosimni boshdan kechiradi: hayotiga yangi qoidalarini kiritgan o‘qituvchisidan va sinfdoshlaridan. Bolalar jamoasida juda qattiq qoidalar borligini unutmang. Birinchi sinfda bolalar bir-biri bilan norasmiy munosabat o‘rnatadi — ular o‘zlarining yangi “o‘yini”da kim qanday rol o‘ynashini bilib oladilar. Bog‘chadagi bola uchun bu unchalik qiyin emas — u jamoadagi o‘rnini allaqachon biladi. Doimo ota-onasi bilan bo‘lgan bola oilaning diqqat markazida bo‘lishga odatlangan. Ammo maktabda bu, afsuski, mumkin emas.
Ota-onalarga maslahatlar:- Maktabdan tashqari ham iloji boricha ko‘proq muloqot qiling!
- Farzandingiz tengdoshlari bilan har qanday do‘stlikni hurmat qiling. U yolg‘izlanib qolmasligi juda muhim, natijada u o‘ziga do‘st topa oladi.
- Uni boshqa bolalar bilan solishtirmang. Undan ko‘ra kecha va bugungi yutuqlarini solishtirgan ma’qul
- Farzandingizni zo‘r natijalarga tayyorlamang. Odatda birinchi sinfda ko‘pchilik buni uddalay olmaydi. Bola o‘zini aybdor his qilmasligi va ota-onasining umidsizligini ko‘rmasligi kerak.
- Har qanday holatda ham bolani urishmang. Yaxshisi, qilgan ishlari uchun maqtang.
Idrok va diqqat qilishdagi qiyinchiliklar
Ba’zan birinchi sinf o‘quvchisi uchun diqqatni jamlash juda qiyin bo‘ladi. Ammo dars doimiy e’tiborni talab qiladi. Agar ota-ona bolaga ma’lumotni idrok etishni o‘rgatmagan bo‘lsa, u bilan kam gaplashsa va farzandining muammolariga jiddiy qaramasa, bu muammolardan qochib bo‘lmaydi. Hozirgi bolalarning ko‘pchiligi do‘stona muloqotga muhtoj. Ota-onalar farzandi tarbiyasini bolalarning “eng yaqin do‘sti” — televizor va telefonga ko‘proq ishonishadi. Bu esa yaxshilikka olib kelmaydi.
Ota-onalarga maslahatlar:
- Farzandingiz bilan har kuni maktab haqida gaplashing. Bugun nimani o‘rganganini so‘rashdan boshlang.
- Agar bola maktabga borishni xohlamasa, e’tiborli bo‘ling. O‘qituvchisi bilan gaplashing, birgalikda sababini osonroq topasiz.
- Diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Buning uchun maxsus bo‘yash kitoblari, o‘yinlar mavjud. O‘qituvchisi bilan bolaning tanlovi haqida maslahatlashing.
- Kichkina boshga iloji boricha ko‘proq ma’lumot kiritishga urinmang. Bu yoshda boshqalarni tinglashni va o‘z fikrlaringizni bildirishni o‘rganish, asosiy va ikkilamchi narsalarni ajratish, tirishqoqlik va aniqlikni rivojlantirish muhimroqdir.
Birinchi sinf o‘quvchisi o‘ziga g‘amxo‘rlik qila olishi, masalan, kiyimini almashtira olishi kerak. Unga o‘z ishini qanday tashkil qilishni o‘rgatish, stolga narsalarni tartibga solish juda muhimdir. O‘quv qurollarini birgalikda tanlagan ma’qul. Albatta, bu ota-onaga mayda-chuyda gapdek tuyulishi mumkin, lekin bola uchun emas. Maktabning birinchi kunlarida u kuchli hayajonga tushib qoladi, shuning uchun har bir mayda-chuyda narsa uni osonlik bilan asabiylashtirishi mumkin.
Ota-onalarga maslahatlar:- Farzandingizga maktabdan tashqari mashg‘ulotlar va tadbirlarni tashkil etishga yordam bering.
- Dars qilishni kechgacha cho‘zmang, hamma narsani vaqtida qilgan yaxshi.
- Uyga vazifani bir soatdan ortiq bajarmang.
- Agar bolangiz kunduzi dam olishni xohlasa, xavotir olmang — uxlash unga faqat foyda keltiradi.
Jismoniy salomatlik bilan bog‘liq qiyinchiliklar
Qo‘l mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi, eshitish yoki ko‘rish qobiliyatining pasayishi, charchash, nutqdagi muammolar va boshqalar — o‘quv jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ota-onalarga maslahatlar:
- Bolangiz bilan birga raqsga tushishga harakat qiling va harf elementlarini qo‘llaringiz bilan havoda yozing. Bunda bola qo‘lini erkin tutishni o‘rganadi va bu husnixat uchun juda foydali.
- Eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — bolani uy vazifasini avval qoralamaga bajarishga majburlash, so‘ngra uni toza daftarga qayta yozdirish. Sizga qo‘shimcha ish nimaga kerak?
- Agar bola qing‘ir-qiyshiq yoza boshlaganini ko‘rsangiz, biroz to‘xtab, dam olgani ma’qul. Husnixat u uchun jazo bo‘lmasligi kerak.
- Muammo haqida maslahatlashish uchun mutaxassis-shifokorga murojaat qiling.
Mavzuga doir:
- Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar
- Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul
- Farzandlarining xonasini mo‘jizalar mamlakatiga aylantirgan ota-onalarning ijod namunalari(foto)
- Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi
Manba