Hamkasblarga Yangi yil bayramida nima sovg‘a qilsa bo‘ladi?
Istalgan odam kayfiyatini ko‘tarish bilan birga ortiqcha mablag‘ talab qilinmaydigan buyumlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Smartfon tutqich
Foto: LifehackerTelefon yoki planshetni joylab qo‘yish mumkin bo‘lgan maxsus qurilmalar gadjetdan foydalanadigan har qanday odam uchun eng yaxshi sovg‘a. Kuchli magnit va maxsus fiksator gadjetni mahkam turishini kafolatlaydi. Undan nafaqat ofis, balki mashina va uyda ham foydalansa bo‘ladi.
Avtomobil uchun organayzer
Foto: LifehackerAvtomobil organayzerlari orqa o‘rindiq yoki “bardachok”ni qalashib yotgan buyumlardan bo‘shatishga yordam beradi. Ruchka, butilka, smartfon, namlantirilgan salfetka umuman mashinada kerak bo‘ladigan narsalarni solish mumkin bo‘lgan ko‘p cho‘ntakli organayzerlar istalgan haydovchi uchun kerakli ekaniga shubha yo‘q. Uning bir nechta: o‘rindiq orqasiga mahkamlanadigan, avtomobil yukxonasiga joylanadigan turi bor. Bu hammaga kerak bo‘ladigan, lekin ko‘pincha odamning o‘zi xarid qilmaydigan sovg‘a bo‘ladi.
Fonar(shishali chiroq)
Foto: LifehackerTeleskopik fonar foydalanish oson va hamma uchun birdek kerakli buyum ekani bilan o‘ziga xosdir. Undagi magnitli qism boshqa yo‘qolib qolishi mumkin bo‘lgan metall boltlarni tirkab qo‘yish imkonini beradi. Cho‘ntak fonari hamisha yonda olib yurish uchun qulay.
Qora bloknot va oq ruchka
Foto: LifehackerHamkasbingizga bermoqchi bo‘lgan kanselyariya buyumlari qimmat bo‘lmasa ham original va chiroyli bo‘lishi kerak. Muqovasi kitobnikiga o‘xshash, varoqlari qora bloknot bu borada ayni muddao sanaladi. Bunday original bloknotda yozish oddiysiga nisbatan ancha qulayroq ekanidan tashqari, ijodkorona yondashishga ham yordam beradi. Ammo bunday sovg‘aning yonida, albatta, oq gelli ruchka bo‘lishi kerak. Shuning singari vintaj uslubida bezatilgan charm muqovali variantlar ham sovg‘a uchun ayni muddao.
Telefon quvvatlagichning noodatiysi
Foto: LifehackerNoodatiy ko‘rinishdagi, o‘ziga xos shaklga ega yoki bezatilgan telefon quvvatlagichlar ham yoqimli ham kerakli sovg‘a bo‘ladi. Ko‘rinishi sabab kishining kayfiyati ko‘tarilsa, eng kerak vaqt telefon quvvatsiz qolib ketganda yaxshi yordam beradi.
Noan’anaviy yostiq
Foto: LifehackerQulay va noodatiy buyumlarni yaxshi ko‘radigan hamkasbingizga qiziqarli bezatilgan yostiqdan yaxshisi yo‘q. Uyiga qo‘yib qo‘ygan hamkasbingiz har safar uni ko‘rganida sizni eslashi va kayfiyati ko‘tarilishi mumkin
Krujka
Foto: LifehackerKrujka sovg‘a qilmoqchi bo‘lganlarga ham original variantlar masalan, ichida solingan choy yoki qahvani avtomat ravishda aralashtirib beradiganlariga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Hamkasblarning umumiy fotosi tushirilgan krujka esa hamisha yoqimli xotiralarni eslatib turadi.
Stolga qo‘yiladigan soat
Foto: LifehackerSoatni ham noodatiysi masalan, mitti-ventilyatorli variantiga e’tibor qarating. Kompyuterning USB-portiga ulanadigan soat siferblatida raqamlar yonib ko‘zga tashlanadi. Bunday buyum, ayniqsa qorong‘ida o‘ziga xos ko‘rinadi.
Stol lampasi
Foto: LifehackerKechasi kompyuterda ishlashi kerak bo‘lganlar uchun stol lampasidan foydalanish juda ham qulay. Ulardan ayrimlari hatto maxsus o‘qish uchun mo‘ljallangan. Uni kitob muqovasiga qistirib qo‘ysa ham bo‘ladi. Shuningdek, ko‘rinishi sabab yaxshi kayfiyat ulashadigan modellar ham yo‘q emas.
Manba