Salomatlik Ayollar uchun Yangi yil dasturxonidagi salat va boshqa yeguliklarni qancha vaqt saqlash mumkin?

Yangi yil dasturxonidagi salat va boshqa yeguliklarni qancha vaqt saqlash mumkin?

O'qildi: 335


Yangi yil dasturxonidagi salat va boshqa yeguliklarni qancha vaqt saqlash mumkin?

Yangi yil dasturxoniga qancha tayyorlanmasin pishirilgan taom, salat yoki shirinlikdan, albatta, ortib qoladi. Qolgan yeguliklarni necha kun iste’mol qilish mumkinligi esa barcha uy bekalari uchun qiziq ekaniga shubha yo‘q.

Foto: “Domashniy ochag”

Salatlar qancha vaqt turadi?

Yangi yil bayrami uchun turli – sabzavotli, go‘shtli salatlar tayyorlanadi va kamdan kam hollarda ortib qolmaydi, muzlatkichda ikki-uch kun turishi mumkin. Ularning qanchalik uzoq turishi qanday mahsulotlar qo‘shilganiga bog‘liq. Eng tez buziladigani sabzavotli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda bunday salatlarni dasturxonga tortishdan avvalgina tayyorlash kerak, ortganini esa uzoq olib turmagan yaxshi.

Mayonez va yog‘ qo‘shilmagan bo‘lsa, qaynatilgan va konservalangan sabzavotlardan tayyorlangan salat uzoq vaqt turishi mumkin. Bunday salatlarni 24 soat muzlatkichda saqlasa bo‘ladi, aynib qolmasligi uchun esa mayonez yoki boshqa qo‘shimchani dasturxonga tortishdan avval soling. Turli komponentlar qo‘shib tayyorlanadigan olivye singari salatlar esa uzoq tursa, organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham bir necha soatdan ortiq saqlamagan ma’qul.

Yaxna yeguliklar

Qandolat plyonkasi yoki konteynerda saqlansa, bo‘laklarga bo‘lingan go‘shtli, baliqli va kolbasalarni bir necha kun saqlash mumkin. Ammo uyda tuzlangan baliq mahsulotlarini kesilganidan keyingi bir necha soat davomida tanovul qilish kerak.

Buterbrodlarni ham uzoq saqlamaslik tavsiya qilinadi. Chunki nonning tez nam tortib qolishi zararli bakteriyalar ko‘payishiga muhit yaratadi. Qizil ikra muzlatkichda 5-6 kun turishi uchun uni shishali, qopqog‘i yaxshilab yopiladigan idishga solgan yaxshi.

Issiq taom

Pechda pishirilgan tovuq va go‘shtni muzlatkichda ikki sutka davomida saqlash mumkin. Pishirilgan taomdan qolgan qoldiqlarni boshqa bir taomga masalan, pirog, salat yoki quymoq ichiga nachinka sifatida ishlatish mumkin.

Shirinliklar

Tort va shirinliklarning qanchalik uzoq turishi ularning kremi qaysi mahsulotlardan tayyorlanganiga bog‘liq. Sariyog‘ va qaymoqli kremlar, boshqalariga tayyorlanganiga nisbatan uzoqroq turadi. Smetana qo‘shib tayyorlanganini esa o‘sha kechaning o‘zida iste’mol qilish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.