Olimlar pandemiya boshlanganidan buyon odamlar orasida qo‘rqinchli tushlarni ko‘rish ortganini aniqladi
Braziliyalik olimlar koronavirus pandemiyasi davrida insonlar qanaqa tush ko‘rayotganini tahlil qilib ko‘rdi. Tadqiqot ishtirokchilari ko‘rgan tushlarini so‘zlab berishda asosan salbiy hissiyotlarga oid so‘zlardan, masalan, g‘azab va qayg‘u haqidagi so‘zlardan ko‘proq foydalangan. Pandemiyaga qadar bu kam kuzatilgan edi, deb xabar beradi Dazed Digital.
Foto: UnsplashTadqiqot ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, ular tushida koronavirusga chalinishdan qo‘rqyapti va gigiyena hamda jismoniy muloqot mavzusiga oid turli turli-tuman holatlarni ko‘rmoqda. Mutaxassislarning hisoblashicha, urush va boshqa ofatlar vaqtida kollektiv travmatik tajriba shunday aks ettiriladi.
Tadqiqotchilar 239 ta tushni tahlildan o‘tkazgan — ularning 208 tasi pandemiyaning birinchi oyiga tegishli, 31 tasi unga qadar qayd etilgan.
Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgandi, braziliyalik stomatologlar esa koronavirus bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini ma’lum qilgan.
Mavzuga doir: Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi
Manba