Ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan o‘limga olib keluvchi kundalik odatlar (foto)
Inson salomatligi kundalik arzimagan yumushlar hisobiga xavf ostida qolishi mumkin. Albatta, ular yuzaki qaraganda foydali ko‘rinadi, ammo kutilmaganda kasalliklarni ham keltirib chiqaradi. Agar kundalik turmushda quyidagi odatlar mavjud bo‘lsa, zudlik bilan ulardan voz kechishga harakat qilish lozim.
Yuvilmagan idishlarni suvi bilan qoldirish
Foto: “Domashniy ochag”Issiq va nam muhit bakteriyalar tarqalishi uchun juda qulay joy. Yuvilmagan idishlardagi turli xil bakteriyalar bu kabi muhitda tez tarqaladi va bi qancha kasalliklarga sabab bo‘ladi. Masalan, stafilokokk, ichak tayoqchalari va salmonella kabi bakteriyalar turi havo tomchilari orqali yuqib, jiddiy yuqumli kasaliklarni paydo qilishi mumkin.
Qahva tayyorlovchi qurilma
Foto: “Domashniy ochag”Mazkur vositadan ko‘proq jamoat joylari va ofislarda foydalanish mumkin. Bunda ham turli xil bakteriyalar guruhi qahva tayyorlagichda to‘planib, faol ravishda ko‘payib boradi. Bunga ishonish qiyin, ko‘pchilik xotirjam foydalanadigan ushbu vositada tasavvur qilib bo‘lmas darajada bakteriyalar mavjud va u osongina insonlarga yuqishi mumkin.
Avtomat quritgichdan foydalanish
Foto: “Domashniy ochag”Aynan jamoat joylarida o‘rnatilgan avtomat quritgichdan hamma tozalik uchun foydalanadi, ammo eng katta zararli bakteriyalarni shu yerdan yuqtirib olish hech kimning xayoliga kelmaydi. Ushbu qurilmada faol bakteriyalar to‘planibgina qolmay, issiq havo oqimida undan foydalanayotgan inson o‘pkasiga kirib olishi juda oson. Shundan so‘ng o‘pka bilan bog‘liq xavfli kasalliklar qayerdan paydo bo‘lganiga uzoq vaqt sarflash shart emas. Yaxshisi, bu kabi umumiy maskanlarda har kim o‘zining shaxsiy sochiqlaridan foydalangani ma’qul.
Qo‘lni qaynoq suv bilan yuvish
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘pchilik qo‘llarni qaynoq suvda yuvish uni yanada toza qiladi, degan qarashda. Ammo unday emas, aksincha, issiq suv tozalash vositasinigina yuvadi. Bunday suv esa terini zaiflashtirib, yallig‘lanish va dermatitni keltirib chiqaradi.
Qishki kiyimlarni kam yuvish
Foto: “Domashniy ochag”Shapka, qo‘lqop va sharflarni qancha muddat oralig‘ida tozalab turish kerak?Shifokorlar buni kamida ikki haftada bir marta amalga oshirishni maslahat beradi. Ular yuz va nafas olish organlariga juda yaqin bo‘lgani uchun kiyimlarda to‘plangan mikroblar osongina ichki organizmga yetib boradi. Sovuq mavsumda tez-tez shamollovchilarga yuqoridagi kiyimlarni tez-tez yuvish tavsiya etiladi.
Go‘sht mahsulotlarini maydalashda umumiy taxtadan foydalanish
Foto: “Domashniy ochag”Sabzavot, meva va go‘sht mahsulotlarini maydalash uchun birgina taxtadan foydalanish undagi mikroblar miqdorini 200 baravarga oshiradi. Go‘sht, parranda go‘shti, baliq bo‘laklanganda undan qolgan taxtadagi bakteriyalar zaharlanishning eng keng tarqalgan sababidir. Shuning uchun oshxonada go‘sht uchun alohida pichoq va taxta ajratishga odatlanish salomatlik uchun foydali hisoblanadi.
Telefondan qoplamasiz foydalanish
Foto: “Domashniy ochag”Telefon bugungi kunda insonning ajralmas bir qismiga aylanib qolgan va unda to‘planadigan bakteriyalar boshqa buyumlarga qaraganda 10 baravar ko‘p. Xavfni kamaytirish uchun muntazam ravishda maxsus tozalash vosilatalaridan foydalanish va qolip kiydirishni unutmaslik kerak.
Manba