Salomatlik Ayollar uchun Uydagi jihoz va buyumlardagi dog‘larni bartaraf etishda yordam beradigan 10 ta mahsulot

Uydagi jihoz va buyumlardagi dog‘larni bartaraf etishda yordam beradigan 10 ta mahsulot

O'qildi: 323


Uydagi jihoz va buyumlardagi dog‘larni bartaraf etishda yordam beradigan 10 ta mahsulot

Ba’zi mahsulotlarni tozalash vositalari o‘rniga ishlatish mumkinligini bilasizmi?Ba’zan ular kimyoviy tozalash vositalaridan ko‘ra dog‘ va kirlarni yaxshiroq olib tashlashga yordam beradi. Yana bir afzalligi shundaki, ular doimo muzlatkichda yoki oshxona javonida mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Ajoyib natijalarga erishish uchun ushbu maxsus dog‘ va kir tozalagichlarni tozalash arsenaliga qo‘shish tavsiya etiladi.

Limonlar. Mikroto‘lqinli pechdagi yog‘ va kirni, choyshabdagi dog‘larni va metallarning porlashini tiklashga yordam beradi. Dog‘ yoki yuza sharbat bilan artiladi, 15 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra sirt gubka bilan artib, suv bilan yuviladi.

Guruch. Katta va uzun yuvilishi qiyin bo‘lgan idish ichiga bir hovuch pishirilmagan guruch, biroz iliq suv va oddiy tozalash vositasi quyiladi. Idish yaxshilab silkitiladi. Jarayonni bir necha marta takrorlash mumkin.

Ketchup. Ushbu mazali sous bilan mis buyumlarni porlashi uchun jilolash mumkin, shuningdek, mashinalarni ham.

Tuz. Tuz o‘zining notekis shakli tufayli go‘sht kesadigan oshxona taxtasidan dog‘larni olib tashlashga yordam beradi, shuningdek, quyma temir idishdagi kuygan qoldiqlarni bartaraf etadi.

Yong‘oq. Ularning tozalangan asosiy qismi yog‘och mebelidagi kichik yoriqlar yoki tirnalgan joylarni niqoblash uchun juda yaxshi. Bu kabi joylarni yong‘oq bilan artib, mebel yuzasiga ozgina bosib turish kerak. Yong‘oqning mevasi va yog‘i yoriqlarni mukammal berkitadi.

Limon kislotasi(kristalli)yoki apelsin kukuni. Idish yuvish mashinasida zang va dog‘larni olib tashlash uchun limon kislotasi(kristalli)yoki apelsin kukuni ishlatilishi mumkin.

Xantal kukuni. Ushbu arzon mahsulot idish yuvish uchun ajoyib vositadir, u yog‘ni juda yaxshi tozalaydi.

Ichimlik sodasi. U tabiiy tozalash vositalarining haqiqiy g‘olibidir. Oshxonada universal tozalash vositasi sifatida foydalanish mumkin. Iliq suvda suyultirilgan ichimlik sodasi zargarlik buyumlariga yorqinlik qo‘shadi.

Oq sharob sirkasi. Ichimlik sodasi kabi sirka ham kuchli tozalash vositasidir. Uning yordamida deraza oynalarini yuvish, gilamlardagi dog‘larni ketkazish mumkin. Kiyimlarning rangini yangilash va boshqa ko‘p narsalarni yuvish uchun sovuq suvga ozgina sirka qo‘shish mumkin.

Diqqat! Sirkani marmar va granit stol usti, tosh va tosh plitkalar, parket pollari, dazmollar, poldagi yoki metall yuzalardagi yangi dog‘larni, o‘t, siyoh, qon, matodagi muzqaymoq dog‘larini tozalash uchun ishlatib bo‘lmaydi. Yaxshisi ular uchun maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.