30 soniya kifoya: blenderni tozalashning eng oson usuli
Foydalanib bo‘lgach, blenderni tozalash uchun atigi 30 soniya sarflash kifoya.
Foto: “Domashniy ochag”Oshxona gadjetlaridan, albatta, blenderni yuvish biroz noqulay. Kastryulka va tovalardan farqli o‘laroq, u juda ko‘p mayda qismlarga va o‘tkir pichoqlarga ega. Blenderni, albatta, idish yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin pichoqlarni olib tashlash unutib qo‘yilsa, vaqt o‘tishi bilan ular o‘tmaslashadi yoki zanglaydi. Blenderni odatdagi usulda ham tozalashingiz mumkin: gubka va idishlarni yuvish vositasi va gadjetlarni qismlarga ajratish bilan. Lekin hamma ham mazali kokteyl, smuzi yoki mazali sous tayyorlagandan so‘ng darhol uni yuvishga shoshilmaydi. Quyida taqdim etilgan usul esa ajoyib yechim hisoblanadi.
Blenderni 30 soniyada qanday tozalash mumkin?
- Blender yarmigacha iliq suv bilan to‘ldiriladi va bir necha tomchi sovun qo‘shiladi.
- Blender qopqog‘i bilan yopiladi va bir necha soniyaga yoqiladi. Sovunli suv unga yopishib qolgan mahsulotni yuvadi. Suvni to‘kib tashlab, idish qismi chayiladi.
Agar meva, sabzavotlar blenderda maydalangan yoki sutli kokteyllar tayyorlangan bo‘lsa, uni yuvish qiyin bo‘lmasligi aniq. Ammo unda qaymoq tayyorlanayotgan bo‘lsa yoki pechenye bo‘laklari bilan sariyog‘ aralashtirilsa-chi?
Bunday holda iste’mol sodasi yordam beradi, u issiq suvga teng nisbatda qo‘shilib, keyin blender yoqiladi. Qisqa vaqtdan so‘ng soda suvi bilan to‘kib tashlanadi va yuqorida keltirilgan usul takrorlanadi.
Bu usul, shubhasiz, juda tez va qulay. Ammo bakteriyalar tarqalishining oldini olish uchun nafaqat blender idishining o‘zini, balki vaqti-vaqti bilan qopqog‘i va pichoqlarni ham alohida yuvish tavsiya etiladi.
Manba