Salomatlik Salomatlik Jazirama kunlarda nima qilish mumkin-u, nima qilish mumkin emasligi bo‘yicha tavsiyalar

Jazirama kunlarda nima qilish mumkin-u, nima qilish mumkin emasligi bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 276


Jazirama kunlarda nima qilish mumkin-u, nima qilish mumkin emasligi bo‘yicha tavsiyalar

Shu kunlarda kuzatilayotgan jazirama kunlarda quyidagi qoidalarga amal qiling.

Foto: Legion Media

Jaziramadan saqlaning

Agar o‘ta zarurat bo‘lmasa, soat 11 dan 17 gacha ko‘chaga chiqmang. Bu vaqt quyosh faolligining maksimal payti hisoblanadi. Agar juda zarur ishingiz bo‘lsa:

  • Tabiiy matodan tikilgan yengil, keng kiyim kiying. Kiyim iloji boricha tanani yopib tursin.
  • Bosh kiyim — shlyapa, ro‘mol, panama, kepka esdan chiqmasin.
  • Terining ochiq joylariga quyoshdan saqlovchi krem ​​surting. 50 va undan yuqori bo‘lgan maksimal himoya faktorini tanlang. 3-5 daqiqaga chiqsangiz ham, ultrabinafsha nurlar teringizga zarar yetkazishi uchun yetarli. Bu nafaqat quyoshdan kuyish, balki fotodermatoz, teri dog‘lari paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Ultrabinafsha nurlar teri saratoni rivojlanishining omillaridan biri ekanligini unutmang.
  • Ko‘chada soyada turing va iloji bo‘lsa, konditsionerli xonada bo‘ling.
  • Yoningizda, albatta, gazsiz mineral yoki oddiy suv bo‘lsin.
Ko‘p suyuqlik iching

Suvsizlanish bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi va hushdan ketish kabi muammolarga sabab bo‘ladi. Agar buyragingizda muammolar bo‘lmasa, issiq kunda 1,5 dan 3 litrgacha suyuqlik ichish lozim. Bundan tashqari, tanada ma’lum miqdordagi namlik hosil bo‘lishi uchun suvni ertalab, kechqurun va tunda ichish tavsiya etiladi. Ammo kunning eng issiq qismida suvni oz-ozdan iching.

Nima uchun eng issiq vaqtda ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi?Chunki issiq havo va ko‘p miqdordagi suyuqlik yurak-qon tomirlari va buyraklarga bosim beradi. Agar sizda yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, gipertoniya, buyrak kasalligi bo‘lsa yoki homilador bo‘lsangiz, ayniqsa, ehtiyot bo‘ling.

Issiqda nima ichish mumkin?

  • mineral suv
  • limon yoki laym sharbati
  • shakarsiz iliq ko‘k choy
  • shakarsiz iliq dorivor choy
  • mors
  • kompot
  • fermentlangan sutli ichimliklar: kefir, ayron va boshqalar. Ammo sut mahsulotlari muzlatkich tashqarisida bir soatdan ortiq turmasligi kerakligini unutmang, aks holda bakteriyalar sababli achishi mumkin.
Issiqlikda nima yeyish mumkin?

Issiq havoda ratsion yengil bo‘lishi kerak. Meva, sabzavot, qaynatilgan baliq va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, sho‘rva, okroshka iste’mol qiling.

Barcha oziq-ovqat yangi tayyorlangan bo‘lishi lozim. Issiqlikda patogen mikroorganizmlar juda tez ko‘payadi. Shu sababli boshqa barcha ovqatlar singari salatlar ham ovqatdan zaharlanishning sababchisiga aylanishi mumkin.

Issiqlikda nima qilish xavfli?

  • Sport va jismoniy ishlarni cheklash tavsiya etiladi. Ertalab yoki kechki payt sayr qilish mumkin. Kun davomida dam olish yoki yengil ish bilan shug‘ullangan ma’qul.
  • Avtomobilda bolalar va hayvonlarni yolg‘iz qoldirmang.
  • Sovuq buloq va suv omborlarida cho‘milmang.
  • Sauna va hammomlarga bormang.
  • Issiq hammom va issiq dush qabul qilmang.
  • Yog‘li, achchiq, qovurilgan ovqat va shirinliklardan tiyilib turgan ma’qul.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.