Issiqda yurak bezovta qilmasligi uchun nima qilish kerak? Shifokordan maslahatlar
O'qildi: 315
Yoz va jaziramada issiq harorat hisobiga yurakda zo‘riqish, gipertoniklar va yurak ishemiyasi kasalligiga chalinganlarda bezovtalik kuzatilishi mumkin. “Domashniy ochag” shifokor maslahatlariga asoslanib, issiqda nimalarga amal qilish kerakligi bilan bo‘lishdi.
Foto: Getty ImagesUmumiy tavsiya
- Kunduzgi soat 12:00 va 16:00 oralig‘ida ko‘chaga chiqmang. Chiqqan taqdiringizda ham soyada yurishga harakat qiling.
- Tabiiy va yorqin matodan tikilgan liboslarni kiying.
- Yoqasi bo‘yinni qisadigan, kamarli va yopishib turadigan kiyimlarni kiyish tavsiya qilinmaydi.
- Go‘sht va hayvon yog‘i, tuzni kamroq; sutli mahsulotlar, ko‘katlarni ko‘proq iste’mol qiling.
- Ko‘proq suyuqlik iste’mol qiling. Gazlangan suvlardan voz keching, ko‘k yoki shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan, limon va muz qo‘shilgan choy eng yaxshi variant.
- Kun isib ketganda suv purkagichdan foydalanishingiz mumkin, faqat bunda iliq va sovuq suvni aralashtirish tavsiya qilinadi.
- Yurak kasalligi bezovta qiladiganlar uchun esa ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Yurak ishemiyasi tashxisi qo‘yilganlar kuniga 800 mldan ortiq suyuqlik iste’mol qilmasligi kerak. Organizmda suyuqlikning harakatlanmasdan turg‘un qolishi arterial qon bosimning oshishiga olib keladi.
- Shifokor bilan maslahatlashing — dori vositalarini dozasini oshirish, siydik haydovchi darmonlarni kamaytirish kerak yoki yo‘qligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ling.
- Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing. Ko‘z mushaklarining zo‘riqishi tomirlar spazmiga olib kelishi mumkin.
- Quritilgan o‘rik, mayiz, banan, grechka, loviya va yurak faoliyati uchun muhim bo‘lgan kaliy hamda magniyga boy boshqa mahsulotlarni iste’mol qiling.
- Chekmaslikka harakat qiling. Nikotin kislorodning qonga singishiga to‘sqinlik qiladi.
- Yoningizda qon-tomirlardagi spazmni bartaraf qiladigan “No-shpa”(ammo qon bosimni tushirishini ham inobatga oling), miyadagi neyronlarni yaxshilaydigan “Glitsin” va tomirlardagi zo‘riqishni bartaraf qiladigan “Karvalol” yoki “Valokardin” olib yuring.
- Unutmang, jazirama issiqda quyosh ostida ishlash nafaqat yuragida muammosi bor, balki sog‘lom odamlar uchun ham xavfli. Pastga egilib ishlash qon bosim oshishi va insultga sabab bo‘lishi mumkin. Ishlagan taqdiringizda ham 30 daqiqa ishlab, 15 daqiqa dam oling, boshingizga quyoshdan himoyalaydigan kepka yoki shlyapa kiyishni ham unutmang.
- Issiqxona, poliz va dalada ishlaydiganlar yonida har ehtimolga qarshi shaxsiy dorilar qutisini olib yurish, unga qon bosimni tushiradigan preparatlar va shifokor tomonidan tavsiya qilingan dorilarni solib qo‘ying.
Enga avvalo, ahvoli yomonlashgan odamni soyaga o‘tkazish, yuz va ko‘krak qafasiga suv purkash kerak. Kiyim yoqasi va kamarini bo‘shating. Agar ko‘krak qafasida og‘riq va yurak og‘irlashgani sezilsa, til ostiga “Nitroglitserin” tashlash va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.