Koronavirusning “hindcha” shtammiga xos simptomlar
Koronavirusning “hindcha” shtammini yuqtirib olganlarda qanday simptomlar paydo bo‘lishi haqida ekspert Olga Shuppo ma’lumot beradi.
Foto: Getty ImagesDarhaqiqat koronavirusning “hindcha” shtammi biz ko‘nikkanimiz singari namoyon bo‘lmasligi haqida ma’lumotlar bor — aksariyat bemorlar birinchi navbatda isitma va yo‘tal emas, oshqozon-ichak trakti muammolari, bo‘g‘inlardagi og‘riq hamda eshitish qobiliyatining susayishidan shikoyat qiladi. Ammo bu infeksiya nazoratdan chiqqanini bildirmaydi. Virusning asosiy vazifasi ko‘proq odamlarni zararlashdan iboratligini esda tutish kerak. Aynan shu sabab ham virus muntazam ravishda mutatsiyaga uchraydi va maqsadiga erishish uchun yangi imkoniyatlar qidira boshlaydi.
Simptomlari:
- ko‘ngil aynishi;
- ishtaha yo‘qolish;
- oshqozon bilan bog‘liq muammolar.
COVID-19’da faqat unga xos simptomlar mavjud emas. Har yangi virus mutatsiyasi yangi usullarni sinab ko‘radi.
Yangi shtamm, tromboz rivojlanish xavfini oshirishi haqidagi ma’lumot ham u qadar qo‘rqinchli emas — ushbu asorat koronavirusning istalgan shtammi bilan zararlanganda ham kelib chiqishi mumkin.
Hujayralarning kislorod bilan oziqlanish darajasini kamaytirgani tufayli qon quyilishi kuzatiladi. Eshitish qobiliyatining susayishi yoki diareya o‘zboshimcha tashxis qo‘yish uchun sabab bo‘la olmaydi, bu salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolarning oqibati bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, darhol shifokorga borish va tekshirtirish kerak. Koronavirusning “hindcha” shtammi JSST qabul qilingan tasnif sabab(Delta B.1.617.2)delta deb ataladi.
Manba