JSST vaksinatsiyadan keyin nima uchun niqob taqish kerakligini tushuntirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich koronavirusga qarshi emlanganlar ham niqob taqishi zarurligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Foto: LRT“Emlangan va kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham niqob taqishingiz kerak. Chunki vaksina olgan inson kasallikka chalinmasa ham, virus uning organizmi orqali o‘tadi va aqlliroq bo‘lib boradi hamda qaysidir onda virus boshqa bir insonga yuqadi — hatto belgilarsiz”, — deydi u.
JSST issiq kunda niqob taqilganida ko‘proq suyuqlik ichishni, tez harakatlanmaslikni, noqulaylik yuzaga kelganda to‘xtab, nafas rostlab olishni tavsiya qiladi.
Avvalroq Yevropa davlatlari orasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining o‘sish darajasi Rossiya, Buyuk Britaniya va Portugaliyada qayd etilayotgani ma’lum qilingandi. Ushbu mamlakatda kasallikka chalinganlarning aksariyatida delta shtamm aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning “hindcha”(delta)shtammi mutatsiyasi bo‘lgan delta-plyus birinchi bo‘lib Hindistonning Maxarashtra shtatida aniqlangan edi. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi zich joylashgan Maxarashtra, Kerala va Madhya-Pradesh shtatlari hokimiyatlarini delta-plyus xavfidan ogohlantirdi.
Mavzuga doir: Koronavirusning yangi “hindcha” shtammi bemorning yonidan o‘tib ketganlarga ham yuqadi
Manba