Xatarni baholaymiz: homilador ayollar uchun koronavirus infeksiyasi qanchalik xavfli?
Koronavirusning turli shtammlari ko‘payayotgan hozirgi vaqtda homilador ayollarning kasallikni yuqtirish xavfi qanday?Virus homilaga ta’sir qiladimi?Ona va bolani yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlardan qanday himoya qilish mumkin?Ushbu va boshqa savollarga Rossiya Federal tadqiqot markazining akusher-ginekologi Irina Zakaryan javob beradi.
Foto: Getty ImagesFikrlar ikkiga bo‘lingan
COVID-19’ning homilaga ta’siri to‘g‘risida hozircha aniq xulosalar mavjud emas: ba’zi shifokorlar xavotirlanishga hojat yo‘q deb hisoblashadi, ammo virus tug‘ilgandan so‘ng darhol bola tanasiga havo tomchilari bilan kirib borishi mumkin. Boshqa mutaxassislar o‘z-o‘zidan nafas olishni zo‘rg‘a o‘zlashtirgan bolaga yuqtirish xavfi yo‘q, ammo virus platsentaning shikastlanishi orqali uning qoniga tushishi mumkin degan nazariyani ilgari surmoqda.
Nima bo‘lsa ham, homiladorlik paytida mazkur infeksiya ona va bola uchun xavflidir. Ushbu davrda platsenta homilaning oziqlanishi va nafas olishining asosiy manbayi bo‘lib, unga ona tanasidan zarur moddalar va kislorod yetkazib beriladi. COVID-19’ning eng keng tarqalgan alomati nafas qisilishi ekanligini hisobga olib, bo‘lajak ona virus yuqtirganda qon va platsentaning kislorod bilan to‘yinganligi pasayadi degan xulosaga kelish mumkin.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun koronavirus infeksiyasining muhim tahdidlari mavjud emasligini isbotlovchi tadqiqotlarga qaramay, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya amaliyotida COVID-19 bilan kasallangan har beshinchi bolaning yurak mushagiga zarar yetgan — bu xavfli asorat hisoblanadi.
Mavzuga doir: Homilador ayollar qachon skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi hamda u orqali qanday kasalliklarni aniqlash mumkin?
Manba