Salomatlik Salomatlik Stress, uyqusizlik va pilates bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan 8 muammo

Stress, uyqusizlik va pilates bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan 8 muammo

O'qildi: 342


Stress, uyqusizlik va pilates bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan 8 muammo

Nafaqat fitnes klublarda, balki uy sharoitida ham shug‘ullanish mumkin bo‘lgan pilates mashqlarining salomatlik va go‘zallikka qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Suyaklar bilan bog‘liq muammolar

Suyaklar bilan bog‘liq muammolarning aksariyatini pilates bilan shug‘ullanish orqali bartaraf qilish mumkin. Turli jarohatlarning oqibatlari, suyaklarning kuchsizligi, kam harakatli hayot tarzi bilan bog‘liq muammolar muntazam ravishda amalga oshirilgan amaliyot jarayonida asta-sekinlik bilan bartaraf bo‘la boshlaydi. Mashqlar metodikasi tananing barcha suyaklarini kompleks tiklash, mustahkamlash hamda yashartirish natijada esa qon aylanishini yaxshilash asosida ishlab chiqilgan. Pilates fitnesning jarohatlanishlardan holi turi hisoblanadi. Zarbali zo‘riqishlarning yo‘qligi suyaklarni kichik jarohatlardan himoya qiladi.

Bel sohasida og‘riq va tanadagi spazmlar

Pilates — tanadagi muskullarni chiniqtiradi. Spazmlar qaddi-qomatning qiyshayishi, bosh og‘rig‘i va boshqa muammolarga olib keladi. Mashqlarni doimiy ravishda takrorlash tashqi ko‘rinish va salomatlikka ham ijobiy ta’sir qiladi, zo‘riqishlar bartaraf bo‘ladi.

Lohaslik va surunkali charchoq

Mushaklar bilan muntazam ravishda balansda ishlash ularning mustahkamlab, charchoq va stress yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Muntazam ravishda bir oy shug‘ullangandan keyin qaddi-qomat tekislanib, tana tetiklashadi va kishi o‘zini energiyaga to‘la his qiladi. Pilatesda nafaqat zo‘riqish, balki mushaklarni bo‘shashtirishni ham bilish kerak. Asab tizimi asta-sekinlik bilan balansda bo‘la boshlaydi, muammolar bartaraf bo‘ladi.

Stress va energiyaning yetishmasligi

Pilatesning har bir mashqi nafasga diqqat qilish hamda tinchlanishga qaratilgan bo‘ladi. Kishi tashqi omillar, yoqimsiz hodisalarga ortiqcha va keskin e’tibor bermasa, o‘zini yaxshi his qilib, qiyinchiliklarni yengib o‘tishda o‘zida kuch topadi. 1-2 oy shug‘ullangandan keyin o‘zgarishlar sezila boshlaydi. Mushaklar taranglashadi, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar kamayadi, tinch hamda tiniqib uxlashga erishiladi.

Uyqusizlik

Pilatesning kompleks mashqlari nafaqat salomatlik, balki uyquga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bunga mashg‘ulotlardan keyin qon aylanishi yaxshilangani, asab tizimida o‘zgarishlar yuz bergani sabab bo‘ladi.

Nafas olishga qiynalish, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar.

Ko‘p o‘tirishning oqibatida kelib chiqqan muammolar mashqlar davomida o‘z yechimini topa boshlaydi. Umurtqa pog‘onasidagi zo‘riqishlar sekin-asta kamayadi, qon aylanishi yaxshilanishi esa nafas olish yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.

Qaddi qomatni tik tutish bilan bog‘liq muammolar

Mushaklar mustahkamlangani va taranglashgani hisobiga umurtqa tekislanadi. Natijada odam yelkalarini qismasdan, yengil yuradi.

Ortiqcha vazn

Ortiqcha vazn sabab organizmga, mushak va suyaklar ahvoliga salbiy ta’sir qilib harakatlarni qiyinlashtiradi. Mashqlarni muntazam va to‘g‘ri bajarish esa organizmdan orticha suyuqlikni chiqarishga hissa qo‘shadi. Vazn asta-sekin ammo xavfsiz kamayadi.

Skolioz va umurtqa bilan bog‘liq boshqa muammolar

Qaddi-qomatning tik bo‘lishi go‘zallik va salomatlik garovi. Aynan umurtqaning tekislanishi va mustahkamlanishi pilatesning eng asosiy samaralaridan biri hisoblanadi.

Reproduktiv salomatlik

Mashqlar jarayonida qon aylanishining yaxshilanishi erkak va ayollarning salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi.

Mavzuga doir: 

  • Egilgan bo‘yin: Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?
  • Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari
  • Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
  • Turib ishlash uchun 5 ta sabab
  • O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.