Salomatlik Salomatlik Bosh aylanishi, tomir tortishishi, ko‘karish va koronavirusning boshqa alomatlari

Bosh aylanishi, tomir tortishishi, ko‘karish va koronavirusning boshqa alomatlari

O'qildi: 387


Bosh aylanishi, tomir tortishishi, ko‘karish va koronavirusning boshqa alomatlari

Koronavirusning eng asosiy belgilari yuqori isitma va nafas olishning qiyinlishuvidir. Biroq mutaxassislar koronavirusni namoyon qiluvchi yana bir nechta belgilarni ma’lum qildi.

Foto: “Domashniy ochag”

Koronavirus bilan kasallanganlarning aksariyatida, deyarli alomatlar yashirin bo‘ladi. Uning eng ko‘p uchraydiganlari – yuqori isitma, yo‘tal, nafas qisilishi, ko‘krak sohasidagi og‘riq hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlardir. Ayni paytda, so‘nggi ikki yil ichida mazkur kasallik turli yo‘llar bilan o‘zini namoyon qilmoqda. Quyida koronavirus mavjudligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng noodatiy alomatlardan ba’zilarini taqdim etamiz, ammo oxirgi tashxisni faqat shifokor qo‘yishi mumkinligini eslatib o‘tamiz. Shuning uchun har qanday noodatiy va undan ham og‘irroq alomatlar kuzatilganda mutaxassisga murojat qilish lozim.

Qorin og‘rig‘i va ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi

Qorin og‘rig‘i, diareya va ko‘ngil aynishdan keyin ko‘pincha doimgidek koronavirus belgilari kuzatiladi, odatda bir necha kun ichida. Ammo taxminan uch foiz holda koronavirusning barcha belgilari ovqat hazm qilish muammolari bilan chegaralanadi. Agar oziq-ovqatda zaharlanishga o‘xshash holatlar kuzatilsa, xavfli virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun aloqani cheklash kerak.

Bosh og‘rig‘i

Bu bemorlarning taxminan 8 foizida qayd etilgan koronavirusning eng dastlabki belgilaridan biridir. Shifokorlar, kuchli bosh og‘rig‘i kislorod yetishmasligidan kelib chiqishi mumkin, deb hisoblashadi, bu esa o‘z navbatida o‘pka funksiyasining yomonlashishi tufayli hosil bo‘ladi.

Bosh aylanishi, xotira muammolari, uyquchanlik

Koronavirusning inson organizmiga ta’sirini o‘rganayotgan olimlar, u nafaqat nafas olish organlari, balki markaziy asab tizimiga va hatto miya holatiga ham ta’sir qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ehtimol, bu barcha bemorlarning taxminan uchdan bir qismini tashkil qiladi: bosh aylanishi, tartibsizlik, qattiq uyquchanlik, xotira bilan bog‘liq muammolar.

Tomir tortishishi

Virus asab tizimining hujayralariga ziyon yetkazishi qobiliyati bilan ham izohlanishi mumkin. Bu alomatga oyoq-qo‘llardagi yengil tomir tortishishi, shuningdek, terining dag‘allashuvi kiradi. Agar ular avval kuzatilmagan bo‘lsa va endilikda moyillik paydo bo‘lsa, sog‘liqqa alohida e’tibor berish va har qanday holatda boshqalar bilan aloqani kamaytirish kerak.

Ko‘karishlar

Aniqrog‘i ko‘karishlar emas, balki oyoq barmoqlari sohasida paydo bo‘ladigan g‘ayrioddiy qizil dog‘lar. Ko‘pincha ular bolalar va o‘smirlarda paydo bo‘ladi va bir muncha vaqt o‘tgach izsiz yo‘qoladi, lekin ba’zida bu alomat katta yoshli bemorlarda ham qayd etiladi. Ispaniyalik shifokorlar koronavirusning ushbu belgisini birinchi bo‘lib ta’riflashdi, ammo ular qaysi jarayonda qizil dog‘lar paydo bo‘lishini hozircha tushuntirib bera olmadi.

Mushaklar kuchsizligi va og‘riq

Mushaklardagi zaiflik grippda kuzatiladigan holatga juda o‘xshash, koronavirus tashxisi qo‘yilgan odamlarning 38 foizida kuzatiladi. Infeksiyalanganlarning 15 foizi mushak og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Ko‘pincha bu ikki alomat koronavirusning boshqa belgilari bilan birga keladi, ammo ba’zi hollarda ular kasallikning yagona ko‘rinishi bo‘lib qoladi.

Konyunktivit(ko‘z qizarishi)

Ma’lumki, virus organizmga shilliq pardalar, shu jumladan, ko‘z orqali ham kiradi. Ko‘z shilliq qavatining qizarishi va yallig‘lanishi, shuningdek, ko‘z yoshlanishi, qichishish va achishishning kuchayishi koronavirus bilan kasallanganlikni va u yerga ko‘rish organlari orqali kirganligini ko‘rsatishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Sovuqning salomatlik uchun foydali bo‘lgan 5 xususiyati
  • Surunkali tonzillit kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar
  • Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar
  • Yong‘oq, zarchava va to‘satdan shamollaganda ratsionga kiritish kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.