Salomatlik Salomatlik Diyetologlar koronavirusga chalinganlar uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi

Diyetologlar koronavirusga chalinganlar uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi

O'qildi: 300


Diyetologlar koronavirusga chalinganlar uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi

Diyetologlar koronavirusdan keyin organizmni tiklash uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari nomini ma’lum qildi. Bu haqda Hindistonning The Pioneer gazetasi xabar berdi.

Foto: The Pioneer

Diyetolog Priti Tyagi koronavirusning yangi infeksiyasini yuqtirib olganlar ratsioniga yanada murakkab uglevodlarni, masalan, don mahsulotlarini kiritishni maslahat beradi. Bundan tashqari, u ko‘proq yogurt iste’mol qilishni, qo‘ziqorinli damlama ichishni, bodring va loviya tanovul qilishni tavsiya qiladi. Bularning barchasi, uning fikriga ko‘ra, ichak mikroflorasini tiklashga va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Shuningdek, doktor Tyagi nonushta paytida bir hovuch yong‘oq, bodom yoki oshqovoq urug‘ini iste’mol qilishni ham qo‘shib o‘tdi, ular tananing kasallikdan xalos bo‘lishiga yordam beradigan omega-3 to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy. Yong‘oqda esa zaiflashgan organizmning tuzalishi uchun muhim rol o‘ynaydigan sink, selen, oqsil va B guruh vitaminlari mavjud.

Shifokor Roxini Patil kasallikdan so‘ng darhol odatiy turmush tarziga va ovqatlanishga qaytmaslik kerak, deb hisoblaydi. Avvalo, Patil kuniga sakkiz-to‘qqiz soat uxlashni tavsiya qiladi, chunki immun tizimi yangi koronavirus infeksiyasi bilan qattiq kurashdan so‘ng qayta tiklanishni davom ettiradi.

Shifokor iloji boricha ko‘proq suyuqlik ichishni va ortiqcha jismoniy hamda ruhiy stressga tushmaslikni maslahat beradi. Shuningdek, organizmda tabiiy suv muvozanatini tiklash uchun chia urug‘i va rayhonli suv ichishni tavsiya qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.