Salomatlik Salomatlik Qorinning dam bo‘lishiga olib keluvchi 5 ta mahsulot

Qorinning dam bo‘lishiga olib keluvchi 5 ta mahsulot

O'qildi: 302


Qorinning dam bo‘lishiga olib keluvchi 5 ta mahsulot

Aksariyat insonlar qorinda yig‘iladigan gazdan aziyat chekadi. Ammo buning oldini olishni o‘ylamaydi. Faqatgina dori vositalari bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ammo ratsionni qayta tuzish orqali oshqozonga yordam berish mumkin.

Foto: Pinterest

Uzum

Har qanday uzum iste’mol qilinganda oshqozon uni hazm qilishga qiynaladi. Fruktozaga boy bo‘lgan ushbu meva gaz ishlab chiqaradi va muqarrar ravishda qorin shishishiga olib keladi. Gap shundaki, oshqozon hazm qilish uchun har doim ham kerakli miqdorda ishlab chiqarilmaydigan ba’zi fermentlarni talab qiladi. Bu olma, shaftoli, qovun va nok uchun ham amal qiladi. Bundan tashqari, uzum juda yuqori kaloriya hisoblanadi, shuning uchun uni kamroq va faqat desert sifatida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Karam

Karam o‘zi nihoyatda foydali sabzavot: u kletchatka, turli xil minerallar va K vitaminiga boy, lekin tor ko‘ylak kiyadiganlar undan voz kechgani ma’qul. Chunki karam ham qorinning dam bo‘lishi hamda shishiga olib keladi. Qovurilgan yoki qaynatilgan karamni esa istalgan vaqtda yeyish mumkin.

Non va un mahsulotlari

Asosan, oq undan tayyorlangan non va har qanday un mahsulotlarining issig‘i cheklangan bo‘lishi kerak, chunki u organizmga ortiqcha uglevod yukidan boshqa hech narsa keltirmaydi. Non tayyorlashda ishlatiladigan xamirturush va shakar oshqozonda gaz hosil bo‘lishini va fermentatsiyasini qo‘zg‘atadi. Natijada qorin shishadi va boshqa ko‘plab noqulay his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Nondan umuman voz kecha olmaydiganlar donli undan tayyorlangan, xamirturushsiz variantlarni tanlashi mumkin.

Murabbo bilan tvorog

Barcha sut mahsulotlaridagi laktoza bakteriyalari qorinni shishiradi va ovqat hazm qilish qiyinlashadi, ayniqsa, agar ular meva va shakar bilan iste’mol qilinsa, vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Ovqat hazm qilish uchun bunday kombinatsiya qiyinchilik tug‘diradi: oqsillar uzoq vaqt parchalanadi va shu orada shirinlik achiy boshlaydi. Aytgancha, bu sutli qahvaga ham tegishli.

Gazli suv

Shirin gazlangan ichimliklarni ham diyetologlar ichishni tavsiya etmaydi. Oddiy gazli ichimliklarda havo pufakchalari bor, bu tabiiy ravishda oshqozon hajmining oshishiga olib keladi. Qorin shishishi 3-4 soatgacha davom etishi va og‘irlik hamda bezovtalik bilan kechishi mumkin. Bu mineral suvdan butunlay voz kechish uchun sabab emas, chunki u juda foydali. Shuning uchun me’yorni unutmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.