Hamma ayb o‘zimizda: yuz shishishiga olib keluvchi 5 yomon odat
Ertalab turganda yuz shishi yoki qovoq ostida xaltachalar paydo bo‘lishining sabablarini har bir ayol o‘zidan qidirishi kerak. Ushbu muammoning oldini olish uchun bir nechta yomon odatlardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
1-yomon odat
Yuzni yostiqqa qo‘yib uxlash. Kosmetologlar qanchalik takrorlashmasin, ayollarning aksariyati yumshoq to‘shakda qulay tarzda yotishlari bilanoq bu haqda butunlay unutishadi. Bu odatdan qutulish juda qiyin. Va bu nafaqat go‘zallik uchun, balki umuman sog‘liq uchun ham xavfli. Birinchidan, qon aylanishi va limfa oqimi buziladi, shuning uchun ko‘z atrofida shish paydo bo‘ladi, ikkinchidan, bo‘yin sohasiga bosim tushadi, uchinchidan esa ajinlar paydo bo‘ladi(nafaqat yuzda, balki bo‘yinda ham).
Mila Kunis — yuz shishishining yorqin namunasiFoto: Legion Media2-yomon odat
Kechasi choy ichish. Parhezshunoslar yotishdan ikki-uch soat oldin hech qanday suyuqlik ichmaslikni tavsiya qiladi. Uyqu holatida tanangiz, shu jumladan, buyraklar ham dam oladi. Haddan tashqari suyuqlik organizmdan chiqish yo‘lini qidiradi. Bu esa yuz shishishi va ko‘z qovoqlarining osilib qolishiga sabab bo‘ladi.
3-yomon odat
Sho‘r ovqatlarni yaxshi ko‘rish. Aytish kerakki, tuz tanadagi suvni ushlab turadi va buyraklar ko‘p miqdordagi natriyga bardosh bera olmaydi. Natriy suyuqlikni nafaqat qonda, balki to‘qimalarda ham saqlaydi. Bu zararli odat ham yuz shishishiga olib keladi.
Keyt Middlton ham yotishdan oldin bir chashka qahva ichishni yaxshi ko‘radi, shekilliFoto: Legion Media4-yomon odat
Qahvani ko‘p ichish. Bir chashka xushbo‘y kappuchino yoki tetiklashtiruvchi espresso ichmasdan turolmaysizmi?Shuni unutmangki, kattalar uchun kunlik me’yor 400 ml dan oshmasligi lozim. Qahva organizmda qaramlikni yuzaga keltiradi, uni ko‘p iste’mol qilish esa suvsizlanishga olib keladi.
5-yomon odat
Sport mashqlarini e’tiborsiz qoldirish. Sport muxlisi bo‘lmasangiz ham, hech bo‘lmaganda limfa drenaji mashqlarini bajaring. Har kuni ertalab o‘n daqiqa yengil va murakkab bo‘lmagan mashqlar kifoya qiladi. Natijani esa tez orada sezasiz.
Mavzuga doir:
- Quruq va nam yo‘talni davolash uchun uy sharoitida ingalyatsiya retseptlari
- Har kuni sut ichilganida organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
- Saratonga qarshi kurash: onkologlarning fikriga ko‘ra eng foydali hamda eng zararli mahsulotlar
- Nima uchun bananni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi?
Manba