Qahva, uzum sharbati va kasallikka qarshi kurashda yordam beradigan boshqa mahsulotlar
Uzum sharbati, losos, qora qahva va yangi uzilgan mevalar foydali oziq-ovqat hisoblanadi. Ammo ulardan ma’lum kasalliklarning oldini olishda foydalanish mumkinligini kam odam biladi.
Foto: “Domashniy ochag”Migren
Kuniga bir stakan uzum sharbati migrenning oldini olishga yordam beradi. Gap shundaki, bu ichimlik miyadagi kimyoviy moddalar muvozanatini tiklashga yordam beruvchi A va C vitaminlariga, shuningdek, qondagi temir miqdorini kamaytiradigan B2 vitaminiga boy.
Foto: “Domashniy ochag”Quruq sochlar va teri
Agar muntazam ravishda yog‘li baliq iste’mol qilsangiz, masalan, losos, siz nafaqat qon tomirlari va yurak sog‘lig‘ini saqlab qolishingiz, balki teri va sochlarning quruqligidan ham qutulishingiz mumkin. Bunday baliqlarda ko‘p bo‘lgan D vitamini va omega-3 yog‘ kislotalari qazg‘oq va soch to‘kilishi bilan kurashishga yordam beradi, shuningdek, tanadagi sog‘lom yog‘larning tabiiy muvozanatini saqlaydi.
Foto: “Domashniy ochag”Metabolizmning sekin kechishi
Metabolizmni kuchaytirishning eng yaxshi usuli — o‘z vaqtida nonushta qilish. Buning uchun eng yaxshi vaqt uyg‘ongandan keyingi birinchi yarim soat. To‘liq uyg‘onish uchun tanamizga taxminan bir soat vaqt kerak bo‘ladi va agar biz bu vaqtda nonushta qilsak, ovqat sekinroq hazm bo‘ladi, o‘zimizni to‘q his qilamiz va metabolizm asta-sekin tezlashadi.
Sariq tishlar
Agar tishingizning rangi sizni qoniqtirmasa, kundalik ratsioningizga yangi meva va rezavorlar qo‘shing. Qulupnay qahva va choydan keyin yuzaga keladigan dog‘larni yengishga yordam beradi, yangi olma dog‘lar va blyashka uchun tabiiy tozalash vositasi sifatida ishlaydigan so‘lak sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Nordon mevalar — limon, apelsin, greypfurt og‘izdagi kislotalilikni me’yorda ushlashga va tishlarni kasalliklardan himoya qilishga yordam beradi. Ammo har bir meva iste’molidan keyin og‘zingizni yaxshilab chayishni unutmang.
Foto: “Domashniy ochag”O‘t pufagida toshlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun
Qora qahva o‘t pufagi uchun ham foydalidir: bu ichimlik o‘t pufagining faol qisqarishini rag‘batlantiradi va shu bilan kichik kristallarning katta va xavfli toshlar bilan birikishining oldini oladi. Qancha ko‘p qahva ichsangiz(o‘rtacha miqdorda, albatta), o‘t pufagi shunchalik sog‘lom bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”Mavzuga doir:
- Boshim og‘rimasin desangiz: Migren boshlanishidan avvalroq u bilan kurashishga yordam beradigan 6 usul
- Muammo yechimini ichkaridan izlaymiz: akne paydo bo‘lishiga olib keluvchi 4 mahsulot
- Pishloq, shirinlik va kechasi iste’mol qilinganida uyqu sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa mahsulotlar
- Sivilizatsiya kasalligi — osteoxondroz rivojlanishining sabablari
Manba