Salomatlik Salomatlik Faqat og‘riq emas: buyrakdagi toshlar haqida ko‘pchilikka noma’lum 5 belgi

Faqat og‘riq emas: buyrakdagi toshlar haqida ko‘pchilikka noma’lum 5 belgi

O'qildi: 373


Faqat og‘riq emas: buyrakdagi toshlar haqida ko‘pchilikka noma’lum 5 belgi

Buyrak toshlari bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy alomatlardan biri – tosh harakatlanayotganda va tanani tark etishga urinishda paydo bo‘ladigan dahshatli og‘riqdir. Ko‘pincha og‘riq odamning buyragi va siydik pufagida muammo borligidan darak beradi. Ammo ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ogohlantiruvchi boshqa alomatlar ham mavjud.

Foto: Getty Images

Buyrak toshlari – bu tuzlarning to‘planishi bo‘lib, ular juda qattiq bo‘laklarga aylanadi. Ba’zi toshlar mayda-chuyda bo‘lib, tanani sezilarsiz darajada tark etishi mumkin, boshqa kattaroqlari va ularning harakatlari noqulaylik va qattiq og‘riqni keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda toshlar juda kattaligi tufayli siydik yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin, keyinchalik bu holat jarrohlik amaliyotini talab qiladi.

Buyrak toshlarining paydo bo‘lishi turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: ovqatlanish xususiyatlari, irsiyat, odamning turmush tarzi va birga keladigan kasalliklar, masalan, semirish bilan.

Biqindagi kuchli og‘riq – buyrak toshlari bilan tanish bo‘lganlar orasida keng tarqalgan va eng mashhur alomatdir. Bu holat buyrak kolikasi deb ataladi: qoida tariqasida 30-60 daqiqa davom etadi, keyin vaqtinchalik yengillik paydo bo‘ladi. Ammo boshqa belgilar ham bor, ularning aniqlanishi ogohlantirish va qo‘shimcha tekshiruv uchun shifokor bilan maslahatlashishga sabab bo‘lishi kerak.

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish

Buyrak toshlarining ko‘chishi va harakati ko‘pincha qorinda noqulaylik, ko‘ngil aynishi va hatto qayt qilish bilan kechadi. Odatda odamlar bu belgilarni zaharlanish yoki ichak infeksiyasi deb hisoblaydi va buyrak muammolari bilan bog‘lamaydi. Ammo bemor shubhali hech narsa yemagan bo‘lsa va ichak infeksiyasining boshqa belgilari kuzatilmasa, muammo buyrak toshlarida bo‘lishi mumkin.

Yuqori harorat

Isitma buyrak toshlarining eng keng tarqalgan belgisi emas. Buyrakdagi tosh peshobning chiqishiga xalaqit beradi va u to‘plana boshlaydi. So‘ngra bakteriyalar ko‘payadi, natijada infeksiya, yallig‘lanish va yuqori harorat paydo bo‘ladi. Antibiotiklar esa odatda yallig‘lanishni davolashda yordam beradi.

Hojatxonadan tez-tez foydalanish istagi

Hojatxonaga tez-tez borish istagi paydo bo‘lsa va bunga chidash oson bo‘lmay qolsa, bu ham buyrak toshlarining navbatdagi belgisi sanaladi. Agar tosh siydik pufagiga yaqin bo‘lsa, ko‘plab alomatlar hojatxonaga borish istagiga o‘xshaydi. Buning sababi shundaki, toshlar siydik pufagi devorlarini bezovta qilib, ularning qisqarishiga olib keladi. Urologlarning ta’kidlashicha, har qanday holatda ham peshobning minimal miqdori chiqishi kerak. Peshobning yo‘qligi – bu shifokorga borishingiz kerak bo‘lgan xavotirli belgidir.

Peshob rangining o‘zgarishi

Yana bir bezovta qiluvchi belgi – peshob rangining o‘zgarishidir. U pushti, qizil yoki jigarrangga aylanishi mumkin va bu uning tarkibida qon tomchilari borligidan kelib chiqadi. Qon qanchalik ko‘p bo‘lsa, rang shunchalik qizg‘ish bo‘ladi. Toshlar siydik yo‘lining shilliq qavatiga zarar yetkazadi va natijada qon siydikka tushishi mumkin. Uning miqdori har doim ham ko‘p emas, ba’zi hollarda siydikni laboratoriyada tekshirish orqali aniqlanadi.

Peshob vaqtida og‘riq

Bu og‘riq vaqtinchalik bo‘lib, faqat siydik chiqarish paytida, tosh buyrakdan siydik pufagiga o‘tayotganda o‘zini namoyon qiladi. Harakatlanadigan toshlar, agar ular juda kichik bo‘lsa, sezilmasligi mumkin, lekin ular kattaroq bo‘lsa, bu kuchli noqulaylik tug‘diradi.

Buyrakda tosh topilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Agar toshlar kichkina bo‘lsa va shifokor buyraklardagi qum haqida gapirsa, ehtimol, hech qanday maxsus chora ko‘rishga to‘g‘ri kelmaydi. Toshlarning tezroq chiqib ketishiga yordam berish uchun ko‘proq suv ichish mumkin. Katta toshlar jiddiy yondashuvni talab qiladi. Ehtimol, urolog ultratovush yordamida toshlarni sindirishni maslahat beradi yoki katta toshlarni olib tashlash uchun kichik operatsiyani taklif qiladi.

Tosh paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Doktor bilan maslahatlashish va ularning tavsiyalariga amal qilish lozim. Bundan tashqari, ko‘proq suv ichish va suvli sabzavot-mevalarni iste’mol qilish va tuzni kamaytirish lozim. Bular, albatta, buyrakda tosh paydo bo‘lishining oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.