Salomatlik Salomatlik Immunitetingiz buni xohlamaydi: D, C va sink vitaminlarini profilaktika sifatida qabul qilish qanchalik xavfli?

Immunitetingiz buni xohlamaydi: D, C va sink vitaminlarini profilaktika sifatida qabul qilish qanchalik xavfli?

O'qildi: 332


Immunitetingiz buni xohlamaydi: D, C va sink vitaminlarini profilaktika sifatida qabul qilish qanchalik xavfli?

Koronavirusning oldini olishda vitamin va qo‘shimchalar qanchalik muhim?Buning uchun sink darajasini kuzatib borish, D vitamini qabul qilish va ko‘proq C vitaminiga boy ovqatlarini iste’mol qilish muhimmi?Bu mikroelementlar va kovid o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Foto: Getty Images

Eng zamonaviy va  “quyoshli” vitamin

D vitamini so‘nggi yillardagi eng zamonaviy vitaminga aylandi: u saraton, depressiyani davolash va hatto koronavirusdan himoya qilishda yaxshi samara beradi. Dunyo aholisining ko‘pchiligi mazkur vitamin yetishmasligidan aziyat chekayotganiga qaramay(ajablanarlisi shundaki, jiddiy yetishmovchilik quyoshli hududlar aholisi orasida eng ko‘p tarqalgan), ko‘pchilik shifokorlar buni qabul qilish kerak degan fikrga ehtiyotkorlik bilan qo‘shiladi.

D vitamini dozasi bo‘yicha ba’zi zamonaviy tavsiyalarda bu vitaminning odatdagi me’yorlari eskirgan degan fikrni uchratish mumkin. Aslida organizmga katta dozalar kerak — 100 yoki hatto 200 foiz ko‘proq. Tadqiqotchilar ushbu tavsiyalarning paydo bo‘lishini amerikalik endokrinolog Maykl Xolikning tadqiqoti bilan bog‘laydilar, u 2011-yilda “D vitamini yechim sifatida” nomli kitobini nashr etgan, shuningdek, AQSh endokrinologik jamiyatiga(u a’zo bo‘lgan)organizmda bu vitaminning yangi, yanada yuqori va kundalik me’yorlarini belgilab bergan. Biroq ko‘plab tadqiqotchilar bu me’yorlarni asossiz ravishda yuqori deb hisoblaydilar va 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqot mualliflarining fikricha, mazkur me’yorlarni belgilagan jamiyat a’zolari vitamin ishlab chiqaruvchidan 200 ming AQSh dollaridan ko‘p qo‘shimcha haq olgan.

Bugungi kunda eng keng tarqalgan tavsiyalarga ko‘ra D vitamini dozalari quyidagicha: 19 yoshdan 65 yoshgacha, D vitamini preparatini profilaktika sifatida oktabrdan aprel oyigacha tavsiya etiladi. 19-50 yoshda D vitamini dozasi kuniga 600 ME, 50 yoshdan oshganlarga esa 800-1000 ME/ kunlik.

Mavzuga doir:  Shifokor retseptisiz qabul qilish xavfli bo‘lgan 6 vitamin




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.