Nima uchun ratsionga turp qo‘shish kerak? Sabzavotning 6 ta foydali xususiyati
Kuz faslida barcha sabzavotlar bilan birgalikda turp ham sevib iste’mol qilinadi. Turpdan salat va taomlarda unumli foydalaniladi. Quyida doimo iste’mol qilinadigan ushbu mahsulotning xususiyatlari bilan tanishib chiqing.
Foto: “Botanichka.uz”Vitamin va minerallar manbayi
Turp — C vitaminining manbayi bo‘lib, organizmda yosh kollagen oqsilini ishlab chiqarishda yordam beradi va virus hamda kasalliklardan himoya qiladi. Bundan tashqari, turp tarkibida B guruhi vitaminlari, kaliy, kalsiy, magniy va temir bor.
Qonda shakar miqdorini nazorat qilishga yordam beradi
Qondagi qand miqdorining keskin o‘zgarishi organizm uchun juda ko‘p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng zararsizlari ishtahaning ortishi va ortiqcha ovqatlanish va natijada ikkinchi toifa diabetning rivojlanishidir. Turp tarkibidagi kimyoviy birikmalar esa qondagi glyukoza ko‘tarilishining oldini oladi va metabolik jarayonlarni tartibga soladi.
Antioksidantlarga boy
Antioksidantlar surunkali kasallik va qarilikka qarshi kurashda eng katta yordamchilardir. Ular oksidlanish jarayonlari bilan samarali kurashadi va hujayralarni erkin radikallar shikastlashidan himoya qiladi. Turp boshqa ildizli sabzavotlar qatorida, turli antioksidant birikmalarga boy va ular nafaqat ildiz sabzavotning o‘zida, balki o‘simlikning barglari va urug‘larida ham uchraydi.
Parhezbop mahsulot
Turp o‘zining barcha afzalliklari bilan birga past kaloriyali mahsulotdir. Bir stakan xom turpda atigi 20 kaloriya, kletchatka va hatto oz miqdorda o‘simlik oqsili bor. U salat, taom va sendvichlarga qo‘shilishi mumkin. Ildiz sabzavot nafaqat foydali, balki uzoq vaqt ochlikdan ham xalos qiladi.
Immunitet tizimini mustahkamlaydi
Bir necha asrlar ilgari odamlar turli shamollashlarni asal va xom turp bilan davolagan. Ildiz sabzavot glikozidlarga boy bo‘lib, bu moddalar nafaqat o‘ziga xos ta’mni beradi, balki organizmni viruslar va patogen bakteriyalardan ishonchli himoya qiladi. Turp kuchli mikroblarga qarshi xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda, vitamin va minerallarning, ayniqsa, C vitamini, kaliy, magniy va marganetsning ko‘pligi tufayli tananing immunitet himoyasini mukammal darajada mustahkamlaydi.
Manba