Salomatlik Salomatlik Bodomning salomatlik uchun foydali xususiyatlari

Bodomning salomatlik uchun foydali xususiyatlari

O'qildi: 361


Bodomning salomatlik uchun foydali xususiyatlari

Bodom nafaqat mazasi, balki foydali xususiyatlari uchun ham sevib iste’mol qilinadi. Shunday ekan, bodomning organizm uchun ko‘pchilikka noma’lum foydalari haqida bilib oling.

Foto: Pinterest

Xolesterin miqdorini kamaytiradi

Amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bodom iste’mol qilish qizil qon tanachalarida E vitamin darajasini oshiradi, shuningdek, yuqori xolesterin xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar qonda xolesterin hujayralarning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qon aylanishini yaxshilaydi

Tadqiqotchilar bodomni muntazam iste’mol qilish bilan qon oqimiga ko‘proq antioksidantlar tushishini aniqladi, bu esa qon bosimini pasaytirishga va tananing turli qismlarida qon oqimini yaxshilashga yordam beradi.

Qonda shakarni tartibga soladi

Ushbu mahsulotni iste’mol qilish qonda shakar darajasini tartibga solish va barqarorlashtirishga yordam beradi. Buning sababi, uning tarkibida magniy bor va ikkinchi toifa diabetga chalingan odamlar uchun bu kasallikni barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Qon bosimi darajasini nazorat qilishda yordam beradi

Magniy tanqisligi yuqori qon bosimiga olib kelishi mumkin. Bu yurak xuruji, insult va buyrak yetishmovchiligiga olib keladi. Bodom tarkibida magniy mavjud bo‘lib, u qon bosimini samarali nazorat qilishga yordam beradi.

Vaznni kamaytiradi

Yong‘oq tarkibi oqsil va kletchatkaga boy, uglevodlar esa kam, shuning uchun ishtaha bo‘g‘iladi va ortiqcha vazn bilan kurashish osonlashadi. Bundan tashqari, umumiy kunlik kaloriyani kamaytirishga yordam beradi. To‘yinganlik hissi tufayli ovqatlanish miqdori kamayadi.

Ko‘zlar uchun foydali

Bodomning tarkibida ko‘p miqdorda E vitamini mavjud bo‘lib, u ko‘zni himoya qiladi va linzalarda g‘ayritabiiy o‘zgarishlarning oldini oladi.

Antioksidantlarga boy

Antioksidantlar birinchi navbatda stressdan himoya qilishga qodir. Shuningdek, yallig‘lanish, saraton va qarishga qarshi kurashadi. Boshqa narsalar qatorida, antioksidantlar teriga yaxshi ta’sir qiladi. Buning uchun kuniga atigi 84 gramm bodom iste’mol qilish kifoya.

Saraton kasalligining oldini oladi

Yong‘oq tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka mavjud bo‘lib, u tanani zararsizlantirishga yordam beradi. Uni iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimidan osonroq o‘tishiga yordam beradi, bu esa yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda E vitamini va flavonoidlar mavjud bo‘lib, ular ko‘krak saratoni xavfini kamaytiradi.

Miya faoliyatini yaxshilaydi

Bodom tarkibida miya hujayralarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi L-karnitin va riboflavin mavjud. Miyaning kognitiv funksiyasiga yordam beradigan asosiy kimyoviy moddalardan biri fenilalanin bo‘lib, u yong‘oqlarda ham mavjud.

Anemiyani davolashda yordam beradi

Anemiya odatda qizil qon tanachalari miyaga juda kam kislorod olib kirganda paydo bo‘ladi. Mahsulot tarkibida ko‘proq gemoglobin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadigan mis, temir va vitaminlar mavjud, bu anemiyaning oldini olish va davolash uchun vositaga aylanishi mumkin.

Husnbuzarlarni bartaraf etadi

Kosmetologlar  bodomning moyidan foydalanishlari bejiz emas. Bu omega yog‘ kislotalari tufayli har qanday toshma va husnbuzar bilan kurashadigan eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bu kislotalar terida tiqilib qolgan yog‘ni nazorat qiladi va shu bilan yog‘ ajralishini kamaytiradi.

Soch o‘sishini yaxshilaydi

Tanadagi magniy yetishmovchiligi soch to‘kilishiga olib keladi. Bodom tarkibidagi magniy sochlarni tezroq va qalinroq o‘sishiga yordam beradi.

Energiya darajasini oshiradi

U organizmdagi elektrolitlar miqdorini oshiradigan muhim minerallardan biri bo‘lgan kaliyga boy va shu bilan energiya miqdorini oshiradi.

Sportchilar uchun muhim

Bodom tarkibidagi sink mushak massasini oshirishga yordam beradi, mis yurak faoliyatini yaxshilaydi, magniy metabolizmni tezlashtiradi.

Yosh bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytiradi

E vitaminining yuqori miqdori tufayli bodom Alsgeymer kasalligi, saraton va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, bu ko‘pincha yosh o‘tishi bilan sodir bo‘ladi. Biroq uni me’yorida iste’mol qilish muhim, chunki ortiqcha E vitamini prostata saratoniga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Apelsinning ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari
  • No‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor?
  • Foydalimi yoki zarar?Uzumning salomatlikka ijobiy va salbiy ta’siri
  • Nokning qanday foydali xususiyatlari bor?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.