Salomatlik Salomatlik Mavsumiy mahsulot: Baqlajon haqida bilish kerak bo‘lgan foydali ma’lumotlar

Mavsumiy mahsulot: Baqlajon haqida bilish kerak bo‘lgan foydali ma’lumotlar

O'qildi: 372


Mavsumiy mahsulot: Baqlajon haqida bilish kerak bo‘lgan foydali ma’lumotlar

Baqlajon ozuqalar ombori hisoblanadi. Unda C va K vitaminlari, kletchatka, marganets, kaliy, magniy, mis va hatto oz miqdorda o‘simlik oqsili bor. Bunday boy kompozitsiyaga ega bo‘lgan baqlajon past kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Parhezga amal qilganlar uchun ushbu mahsulot ideal yechimdir.

Foto: Harper’s Bazaar

Antioksidantlar surunkali kasallik va qarilikka qarshi kurashda eng katta yordamchilardir. Ular oksidlanish jarayonlari bilan samarali kurashadi va hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi. Baqlajon tarkibida antosiyanin pigmentlari bor, ular nafaqat yorqin rangga, balki kuchli antioksidant xususiyatlarga ham ega.

Baqlajon tarkibida antioksidantlarning ko‘pligi tufayli nafaqat yosharishga yordam beradi, balki yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini ham kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, baqlajonni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun xavfli bo‘lan xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytiradi.

Baqlajonning yana bir ajoyib xususiyati shundaki, u qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Uning darajasidagi keskin o‘zgarishlar organizm uchun juda ko‘p noxush oqibatlarga olib keladi.

Baqlajon tarkibidagi tolaning yana bir afzalligi shundaki, u ishtahani boshqarishga yordam beradi. Ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtirgan holda to‘yinganlik hissini sezilarli darajada uzaytiradi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi, natijada vazn ortmaydi. Bundan tashqari, u oshqozon-ichak trakti salomatligi uchun juda foydali.

Keltirilgan barcha foydali xususiyatlarga ko‘ra, baqlajon ko‘p miqdorda iste’mol qilinmasligi ham kerak. Chunki uning tarkibida alkaloid solanin bor. U tanadagi bir qancha jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. Solanin ichak funksiyasini buzishi va oshqozonning kislotalilik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ba’zi neyrotransmitterlar ishlab chiqarishni taqiqlashi mumkin. Bu asab disfunksiyasiga va parasempatik asab tizimi va qalqonsimon bezning faoliyatining susayishiga olib keladi.

Mavzuga doir: 

  • Qovoq mavsumi: ushbu poliz ekini nimasi bilan foydali?
  • Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari
  • O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.