Yuz terisidagi yallig‘lanishlarni bartaraf qilishga yordam beradigan muolajalar
Yuzdagi husnbuzar va muammolarda qanday muolajalar yordam berishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: CosmopolitanRetinol(A vitamini)
Kuz va qish retinol(A vitamini)ayni muddao hisoblanadi. Komponent yog‘ bezlarining faoliyatini yaxshilab, husnbuzar va pigmentlar paydo bo‘lishini oldini oladi. Teri tonusini yaxshilab, yallig‘lanishda samara beradi. A vitaminini parvarishga asta-sekinlik bilan kiritish kerak. Avvaliga haftada bir marta ishlatish kifoya. Teri ko‘chadigan bo‘lsa, xavotirlanishga hojat yo‘q: bu vaqtinchalik tabiiy reaksiya.
Kimyoviy piling
Professional darajada amalga oshirilgan kimyoviy piling, teri ahvolini sezilarli darajada yaxshilanishiga yordam berishi mumkin. Muolaja yordamida dag‘al qatlam yo‘qolib, teri tozalanadi, husnbuzarlar kamayadi. Pigment dog‘lar ocharib, teri rangi yaxshilanadi. To‘g‘ri vositalar tanlansa va yo‘l-yo‘rig‘iga asosan bajarilsa, tiklanish jarayoni uzoq kechmaydi. Ammo bir narsani unutmang, bu tozalaydigan muolaja, boshqa vositalar bilan kompleks amalga oshirilgandagina teridagi zo‘riqishlarga qarshi samara berishi mumkin. Husnbuzarlar bilan kurashishda salitsil va azelain kislotasining umumlashmasi ayni muddao bo‘ladi.
Husnbuzarga qarshi fotomuolaja(fototerapiya)
Fotomuolaja — ilk natija 7-10 kundan keyin kuzatiladigan og‘riqsiz muolaja. U pigmentlarni ochartirib, terini taranglashtiradi, husnbuzarga qarshi yaxshi samara beradi. Jarayonda husnbuzarni keltirib chiqargan bakteriyalarga qarshi kurashiladi. Shuningdek, terining himoya qatlami tiklanib, terining sog‘lomlashishiga qarshilik qiladigan husnbuzarga xos qizarishlar kamayadi.
Quyidagilar muolajani o‘tkazishga qarshilik qiladi:
- onkologik kasalliklar;
- ultrabinafsha nurlariga allergik reaksiyalar;
- homiladorlik;
- laktatsiya davrida;
- virusli va infeksion kasalliklar rivojlanganda;
- tizimli retinoidlarni qabul qilish;
- “zagar”(muolajadan 3-4 hafta avval).
Mezoterapiya — bu mikrodoz preparatlarni inyeksion yoki apparat yordamida muammoli tana qismiga yuborish hisoblanadi. Muolaja husnbuzar sabab kelib chiqqan muammolardan tashqari, terining qurishi, pigmentlar, mayda ajin va terining suvsizlanishiga qarshi samara beradi. Jarayon C vitamin yoki boshqa preparatlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Preparat tarkibida faol moddalarning bisyor bo‘lishi mezokokteyl deb ataladi. Uning tarkibidan aminokislotalar, minerallar, gialuron kislota va peptidlar o‘rin oladi. Teri tuzilishi va istalgan natijaga qarab mezokokteyl individual bo‘ladi. Natija ijobiy bo‘lishi uchun 5-10 muolajadan iborat kurs ayni muddao. Uning samarasi yarim yilgacha bilinib turadi.
Muolaja qanday amalga oshiriladi?
Teri makiyajdan tozalanib, antiseptik tarkib surtiladi. Keyin og‘riq sezilmasligi uchun anesteziya vositasidan foydalaniladi. Davolovchi kokteyl ikki millimetr chuqurlikda teriga yuboriladi. Muolaja so‘ngida teriga dezinfeksion tarkib va yallig‘lanishga qarshi kosmetik vosita surtiladi. Muolaja 30-60 daqiqa amalga oshiriladi.
Quyidagilar muolajani o‘tkazishga qarshilik qiladi?
- antikoagulyantlarning tugallanmagan kursi;
- onkologiya;
- organizmdagi o‘tkir infeksiya;
- yallig‘lanish;
- homiladorlik va laktatsiya;
- surunkali kasalliklarning o‘tkir kechishida;
- qon ivishi bilan bog‘liq muammo.
Plazmoterapiya— husnbuzarlarni yo‘q qilib, yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtiradigan, husnbuzarlardan qolgan chandiq va izlarni bartaraf qilishga yordam beradigan xavfsiz muolaja. Jarayonda bemor qonining trombositlarga boy plazmasi ishlatiladi. Bemorning o‘z organizmidan olingani uchun allergik reaksiyalar kuzatilmaydi. Unda biriktiruvchi to‘qimalar kollagen, elastin va gialuron kislotasini sintezlay boshlaydi. Ammo muolajadan avval yuzni tayyorlash: yog‘ kislotalari, tuzli va yog‘li taomlar, kofeindan voz kechish, turli jismoniy zo‘riqishdan cheklanish, nikotin va spirtli ichimliklardan cheklanish kerak. Natija yaxshi bo‘lishi uchun muolaja bir necha marta takrorlangani yaxshi.
Mavzuga doir:
- Ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishing sabab va yechimlari
- Husnni buzadigan toshma – husnbuzar toshishining oldini olishga yordam beradigan odatlar
- Terining tez qariyotganidan darak beruvchi 5 alomat
Manba