Salomatlik Salomatlik Foydalimi yoki zarar? Uzumning salomatlikka ijobiy va salbiy ta’siri

Foydalimi yoki zarar? Uzumning salomatlikka ijobiy va salbiy ta’siri

O'qildi: 287


Foydalimi yoki zarar? Uzumning salomatlikka ijobiy va salbiy ta’siri

Uzumning foyda yoki zararli ekani haqida turli ma’lumotlar mavjud. Ko‘plab nutritsiologlar uzumni ratsiondan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan zararli mahsulotlardan deb hisoblaydi. Uning kaloriyaga boy ekani esa hech kimga sir emas. Aslida esa qanday?Ushbu meva foydalimi yoki aksincha?Ushbu savollarga quyidagi ma’lumotlar orqali javob beramiz.

Foto: Marie Claire

Zarari

Tarkibida tabiiy shakar — glyukoza bisyor ekani hisobiga uzumni haddan ortiq iste’mol qilish semirishga olib kelishi mumkin. Moddalar almashinuvi, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilishi mumkin, ammo me’yorga amal qilingan holda yeyilsa, aksincha, hazm jarayonini yaxshilashi mumkin. Qandli diabeti bor bemorlarga esa yaxshisi ushbu mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi. Tarkibidagi erimaydigan kletchatkalarning ko‘pligi sabab esa parhezbop mahsulot emasligi va undan tiyilish kerakligi aytiladi. Ayrim kishilar organizmi qabul qila olmaydigan salitsil kislotasi esa oshqozon-ichaklar yallig‘lanishi, qorinda og‘riq va diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Kimlarga mumkin emas?

Surunkali va o‘tkir kasalliklardan aziyat chekadigan, allergiyasi bor bemorlarga mazkur mevani iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Boshqa to‘g‘ri kelmaydigan — baliq, go‘sht, sut mahsulotlari, qovun va bodring bilan qo‘shib iste’mol qilinganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tarkibida oltingugurt bor ekani sabab esa homilador ayollarga ham yemaslik maslahat beriladi.

Qanday foydali xususiyatlari bor?

Uzum bir qancha foydali moddalarning koni ekanini ham unutmaslik kerak. Uning bir shingilida C vitaminining kunlik, K va B1 vitaminining 15 foizga yaqin me’yori mujassam bo‘ladi. Ushbu mevada organizm uchun muhim bo‘lgan mineral moddalar — temir, natriy, rux moddasi, fosfor, temir va kaliy bisyor bo‘ladi. Uning iste’mol tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi, miokard infarktidan keyin tiklanishga yordam beradi, xolesterinni kamaytirib, qon bosimini me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Qonning ivishidan tashqari, aylanishini ham yaxshilaydi. Ushbu mahsulot organizmni yoshartirib, sochlar, tirnoq va teri ahvolini yaxshilaydigan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Qarish jarayonini sekinlashtirgani sabab esa parvarish va oziqlantiruvchi vositalarning aksariyatiga uzum sharbati yoki yog‘i qo‘shiladi.

Yana qanday afzalliklari bor?

Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishi, uzumga xos afzalliklardan sanaladi. Undagi lyutein va zeaksantin ko‘z gavhari va pardasini himoya qiladi. Shuningdek, tarkibida melatonin mavjudligi hisobi uyqu me’yorlashadi, kuch to‘plashga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida

Xulosa qilib aytganda hammasi uzumning tanlangan naviga bog‘liq. Masalan, nordonida kam kaloriyali, yevropacha qora navi esa eng foydali hisoblanadi. Yashili esa po‘stida foydali moddalar serob ekani sabab foydalidir. Shu sabab ham unga birgina zararli yoki foydali deb ta’rif berib bo‘lmaydi. Me’yori bilinsa salbiy ta’sir qilmaydi, oshirib yuborish esa turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Mavsum tuhfasi: Xurmoni ratsionga kiritish uchun 7 sabab
  • Yetilganmi yoki yo‘q: xurmo tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Arab xurmosining foydali jihatlari haqida 8 ta ilmiy fakt
  • O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
  • Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.