Salomatlik Salomatlik Ortiqcha tuz iste’mol qilish tufayli organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik

Ortiqcha tuz iste’mol qilish tufayli organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik

O'qildi: 348


Ortiqcha tuz iste’mol qilish tufayli organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik

Kuniga 5 gramm tuz iste’mol qilish me’yor hisoblanib, organizmda ortiqcha muammo keltirib chiqarmaydi. Ammo deyarli barcha ushbu me’yorni oshirib yuboradi, natijada jiddiy kasalliklar xavfi ortadi.

Foto: Getty Images

Salomatlikka zarar keltirmaslik uchun shifokorlar kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tuz iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Aksariyat insonlar doimiy ravishda bu me’yorni oshirib yuboradi, ko‘pincha hatto buni bilmaydi ham. Ayniqsa, fast-fud kabi ovqatlar yashirin tuzni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, tuz iste’molining ruxsat etilgan me’yorlarini muntazam ravishda oshirib yuborish sog‘lik uchun juda xavflidir va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Yosh bilan bog‘liq demensiya

Qonda natriy miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, kognitiv buzilishining xavfi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Kolorado universiteti tadqiqotchilari besh ming ko‘ngilli insonlarni kuzatganidan keyin shunday xulosaga keldi. Tajriba natijalariga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan odamlar tuzni muntazam ravishda ko‘p iste’mol qilsa, yoshga bog‘liq demensiyaning rivojlanish xavfi 30 foizga oshadi.

Buyraklardagi toshlar

Agar tuz ko‘p iste’mol qilinsa, peshobdagi oqsil miqdori ortadi va bu buyrak kasalligi hamda buyrak tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf omillaridan biridir. Buyraklar sog‘lom va o‘z ishini yaxshi bajarayotgan bo‘lsa-da, iloji boricha uzoq vaqt ularning yaxshi holatini saqlab qolish uchun tuz miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Oshqozon yarasi

Ortiqcha tuz o‘z-o‘zidan oshqozon yarasini qo‘zg‘atishi mumkin emas, ammo agar shilliq qavat Helicobacter pylori bakteriyalari tufayli allaqachon zararlangan bo‘lsa, natriyni ortig‘i bilan iste’mol qilish xavfni bir necha barobarga oshirishi mumkin.

Gipertoniya

Tuz tanada suyuqlikni uzoq vaqt ushlab turadi, bu yurakning ishlashini qiyinlashtiradi. Oxir-oqibat qon bosimining oshishiga olib keladi. Agar qon bosimi muntazam ravishda ko‘tarilsa(130/90 va undan yuqori), tuz iste’molini iloji boricha kamaytirish lozim.

Mavzuga doir:

  •  Organizmda tuz ko‘pligidan darak beruvchi 4 alomat
  • Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar
  • Inson umri qisqarishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.