Bosh og‘riganda samara beruvchi tabiiy mahsulotlar
Bosh og‘rig‘i bezovta qilganda dori vositalarini qabul qilishga shoshilmang. Tabiiy mahsulotlar ham bu borada sizga yaxshi yordam berishi mumkin, deb yoziladi Marie Claire nashrida.
Foto: Marie ClaireMagniyga boy taom
Magniy qon tomirlar bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ini kamaytirishi aniqlangan. Magniy qon tomirlarni tinchlantirgani hisobiga bosh miyada qon aylanishi yaxshilanadi. Natijada miya hujayralari kislorod bilan to‘yinadi. Odatda bosh og‘rishida No-shpa singari preparatlar yaxshi samara beradigan bo‘lsa, tarkibida magniy bisyor bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Yong‘oqlar, grechka, kedr yong‘og‘i, bodom, quritilgan o‘rik, banandan tashqari, avokado, kungaboqar pistasi va guruchda ham magniy serob bo‘ladi.
Kaliyga boy taomlar
Organizm suvsizlanganda kaliyga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘ladi. Boshning og‘rishi kun davomida yetarlicha suyuqlik ichmaganda ham kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtlarda kaliyga boy kartoshkani pechda pishirib yeyish tavsiya qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki dona pishirilgan kartoshka bosh og‘rig‘ini bartaraf qilishga yordam berishi mumkin. Qolaversa, apelsin yeyish va bir stakan suv ichish ham yaxshi samara beradi.
Shakar qo‘shilgan qora choy
Qora choy bosh og‘rig‘iga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi eng universal vositalardan hisoblanadi. Gap shundaki, shakar qo‘shish qora choydan og‘riqni qoldirish va mikrobga qarshi xususiyatiga ega bo‘lgan katexin moddasining ajralishiga hissa qo‘shadi. Aynan shu sabab ham bosh og‘riganda qora choyga shakar qo‘shib ichish ayni muddao sanaladi.
Kalsiyga boy taom
Aslida bosh og‘rig‘i mushaklardagi spazm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda peshona tirishib turgandek tuyiladi va boshqacharoq og‘riqlar ham kuzatilib, harakat vaqti yanada jadallashadi. Bunday og‘riqqa organizmdagi kalsiy tanqisligi sabab bo‘lishi, uning yetishmasligi mushaklar spazmiga olib kelishi mumkin. Qondagi kalsiy miqdorining kamayib ketishi esa ayollardagi menstrual sikldan avvalgi bosh og‘rig‘ining eng asosiy sabablaridan bo‘lishi mumkin. Sut, tvorog, tabiiy yogurt singari mahsulotlar bu kabi og‘riqlarni yengillashtiradi.
Mavzuga doir:
- Ayniqsa sovuq mavsumda tanqisligi kuzatiladigan D vitamini haqida nimalarni bilish kerak?
- Temir moddasiga boy 7 mahsulot
- Ayollardagi kalsiy yetishmovchiligining asosiy belgilari
- D vitaminining organizm uchun muhimligining 6 sababi
- Magniy uyqusizlikni yengishga qanday yordam beradi?
Manba