Digital detoks: miyangizga dam olish va tiklanish imkoniyatini bering
Raqamli detoks yoki digital detoks — virtual dunyo va axborot oqimidan tanaffus qilish uchun odamning ma’lum vaqt davomida internet, gadjet va boshqa raqamli qurilmalardan foydalanishdan ongli ravishda ixtiyoriy voz kechishdir. Bu stress va taranglikni bartaraf etishga, e’tiborni boshqa faoliyatga qaratishga yordam beradi. Elle nashri ma’lum vaqtga gadjetlardan ongli ravishda voz kechish, miyaga dam olish va tiklanish imkoniyatini berish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Foto: Getty ImagesGadjetlarga kirishni qiyinlashtiring
Buni kichik ishdan boshlang: smartfoningizni har safar ko‘targaningizda yoki unga qaraganingizda ekranni avtomatik ravishda qulfdan chiqaradigan qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ularni o‘chiring. Hatto parol kiritish zarurati kabi kichik to‘siq ham sizni ijtimoiy tarmoqlar va Facebook’ning yangiliklar lentasi bo‘ylab maqsadsiz kezib chiqishingizga xalaqit beradi.
Telefon sozlamalarini yangilang
Telefoningiz yorqinligini pasaytiring yoki oq-qora rejimni yoqing. Bunda sevimli “o‘yinchog‘ingiz” kamroq jozibador bo‘lishi bilan birga, bunday sozlamalar ko‘rish va asab tizimingiz uchun xavfsizroqdir.
Samolyot rejimidan foydalaning
Samolyot rejimidan odatiy kunlarda ham foydalaning. Agar chindan ham muhim qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarni kutmasangiz, kamida bir soatga aloqani uzib qo‘ying. Keyinchalik intervalni yanada uzaytirish mumkin(masalan, dam olish kunlari telefonni bir necha soatga o‘chiring). Vaqt o‘tishi bilan smartfonsiz xotirjam bo‘lganingizni sezasiz.
Foto: Getty ImagesKeraksiz ilovalarni o‘chirib tashlang
Ishingiz yoki ta’lim olishingiz uchun qaysi ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar haqiqatan ham zarurligini aniqlab oling, keyin ularni papkalarga ajrating va tezkor kirish uchun ekranning birinchi sahifalariga ko‘chiring. Qolganlari o‘chirib tashlanishi yoki hech bo‘lmaganda boshqa joyga ko‘chirilishi kerak.
Kechasi telefoningizni boshqa xonada qoldiring
Telefon bilan uyquga ketish va u bilan uyg‘onish kerak emas, bunga ketadigan vaqtni o‘zingiz va fikrlaringiz uchun sarflang. Ajoyib yechim — gadjetni kechasi boshqa xonada qoldirish yoki hech bo‘lmaganda uni uzoqroq masofaga qo‘yish. Shunda tungi dam olish ancha samarali bo‘lganini va ayni paytda kayfiyatingiz ham yaxshilanganini darrov sezasiz.
Internetda “bemaqsad kezish”ni boshqa mashg‘ulot bilan almashtiring
O‘zingiz uchun bir necha soat telefonsiz o‘tkazadigan va boshqa qiziqarli narsalar qilish mumkin bo‘lgan kunni belgilang: sayrga chiqing, mashq qiling yoki do‘stlaringizni mehmonga chaqiring.
Mavzuga doir:
- Agar bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?Psixologdan 5 ta maslahat
- Faqatgina gadjet sabab emas: Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab
- Miya faoliyatiga zarar yetkazadigan kundalik odatlar
Manba