Yashirin tahdid: Organizm uchun zararli qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar
To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish yo‘lida shakarni diqqat bilan kuzatib borish mumkin, lekin odamlar kamdan kam hollarda boshqa zararli tarkibiy qismlar haqida o‘ylashadi. Ular, o‘z navbatida, ortiqcha kilogrammlardan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi va jiddiy muammolarga olib keladi. Quyida ratsiondan imkon qadar chiqarib tashlash tavsiya etiladigan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Foto: CosmopolitanTransyog‘lar
Kartoshka-fri, fastfud va har qanday qovurilgan ovqatda transyog‘lar mavjud. Tez-tez iste’mol qilish bilan ular qondagi yomon xolesterinni oshiradi va yaxshi xolesterinni kamaytiradi, vaqt o‘tishi bilan organizmning barcha faoliyatiga ta’sir qiladi. Aytgancha, qadoqlashda u yashirincha “qisman vodorodlangan moy” deb belgilanishi va sog‘liqqa sezilmaydigan darajada zarar yetkazishi mumkin. Transyog‘larni iste’mol qilish yurak kasalliklari va ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi.
Energetik ichimliklar
Shirin gazlangan energetik ichimlik ichishni ko‘pchilik yaxshi ko‘radi. Shuni yodda tutish kerakki, u 30 grammdan ortiq shakarni o‘z ichiga oladi, bu kunlik me’yordan bir necha baravar yuqori. Ammo bu hammasi emas, muntazam ichish tufayli kuch uchun mas’ul bo‘lgan kofein taxikardiya va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.
Nitritlar
Ular har qanday qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarida mavjud. Nitritlar mahsulotlarlarning ishtahani qo‘zg‘atuvchi ko‘rinishini saqlashga yordam beradi. Ularni muzlatkichda saqlaganda, xavf minimallashadi, lekin issiq haroratda nitritlar ko‘pincha oshqozon osti bezi, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoniga olib keladigan birikmalar hosil qiladi.
Bodroq
Bodroq yeb, film tomosha qilishga odatlanganlar bundan voz kechishi lozim. Bodroqlarni mikroto‘lqinli pechda isitadigan maxsus paketda zararli moddalar bo‘lib, ular qizdirilganda saraton kasalligini keltirib chiqaradigan perftoroktan kislotasi deb ataladigan moddani chiqaradi. Afsuski, bu shakardan ham zararli.
Oziq-ovqat bo‘yoqlari
Yorliqni diqqat bilan o‘qing: bo‘yoqlar sifatida belgilangan komponentlar allergiyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bolalarda konsentratsiyani va biror narsani o‘rganishni qiyinlashtiradi. Ular ko‘pincha don, pudinglar va qandolat mahsulotlarida uchraydi.
Mavzuga doir:
- Tarkibida apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini bo‘lgan 7 ta mahsulot
- Ismaloq, yasmiq va temirga boy boshqa 5 ta mahsulot
- Ovqat hazm qilishga yordam beradigan tabiiy mahsulotlar
Manba