Salomatlik Salomatlik Ismaloqdan tashqari temir moddasiga boy 10 ta mahsulot

Ismaloqdan tashqari temir moddasiga boy 10 ta mahsulot

O'qildi: 368


Ismaloqdan tashqari temir moddasiga boy 10 ta mahsulot

Temir organizming me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim element hisoblanadi. U qon hujayralariga kislorodni yetkazishga yordam beradi, so‘ngra karbonat angidridni organizmdan chiqarib tashlaydi. Agar ratsionda temir moddasi yetarli miqdorda bo‘lmasa, organizmdagi faoliyatlarga zarar yetishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Temir tanqisligi belgilari

Charchoq, yurak urishida o‘zgarishlar, nafas qisilishi va diqqatni jamlashda qiyinchilik, rangparlik, uyquchanlik, ishtahaning yo‘qolishi va bosh og‘rig‘i temir tanqisligi hamda kamqonlikning dastlabki bosqichining alomatlari bo‘lishi mumkin.

Temir yetishmasligi bilan hujayralar “bo‘g‘ilish”ni boshlaydi, shuning uchun organizmda ko‘plab hayotiy metabolik jarayonlar buziladi. Bundan tashqari, immunitet pasayadi, kasalliklarning soni ortadi. Boshqa tashqi belgilar orasida og‘iz burchaklaridagi yaralar, teri qurishi, mo‘rt tirnoqlar, soch siyraklashishi kuzatiladi.

Temir yetishmasligini qanday bartaraf etish mumkin?

Organizm o‘z-o‘zidan temir ishlab chiqarishga qodir emas. U temirni faqat ovqatdan oladi!Shuning uchun ratsion xilma-xil va temirga boy mahsulotlarni o‘z ichiga olishi muhimdir.

Hayvonlarning iste’mol qilish mumkin bo‘lgan a’zolari

Hayvonlar va parrandalarning jigari, buyraklari, miyasi, yuragi, oshqozoni va boshqa qo‘shimcha mahsulotlarida temir ko‘p miqdorda mavjud. Ammo, masalan, temirning kunlik iste’molini to‘liq olish uchun 300 gramm mol jigarini iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar jigar uchun muhim bo‘lgan oqsil, mis, selen va xolinning manbai hisoblanadi. Bu mazkur mahsulotlardan tayyorlangan taom retseptlarini tanlash ajoyib sabab.

Mavzuga doir: Kuchli charchoq va havo yetishmasligi: Anemiya haqida nimalarni bilish kerak?




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.