Soch to‘kilishining eng keng tarqalgan sabablari va davolash usullari
Sochlar bir necha oy davomida almashinib turadi, odam kuniga 50-100 tagacha soch tolasini yo‘qotadi va bu normal holat. Ammo bu ba’zida turli kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Quyida soch to‘kilishining asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Foto: Getty ImagesIrsiyat
Agar ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tishi mumkin. Jarayon ba’zan 25-30 yoshda boshning ma’lum bir qismida yoki butun yuzada soch siyraklashishi bilan boshlanadi. Shifokorlar genetik testlar va bosh terisi biopsiyalarini o‘tkazadi: agar soch follikulalari maydalashib ketsa, muammo genlarda.
Davolash: Bunday holda soch to‘kilishini oldini olishning hech qanday usuli yo‘q, lekin jarayonni sekinlashtiradigan vositalarni topish mumkin.
Volchanka(teri sili)
Bu immunitet tizimi sog‘lom to‘qimalarga hujum qiladigan autoimmun kasallikdir. Soch to‘kilishiga qo‘shimcha ravishda u doimiy charchoq, bosh va mushaklar og‘rig‘i, yorug‘likka ta’sirchanlik bilan birga keladi. Volchanka qon testi va bir qator simptomlar yordamida aniqlanadi.
Davolash: shifokor tomonidan belgilanadi. Agar bosh terisi ham qichisa, dori-darmonlar ro‘yxatiga dorivor kremlar qo‘shiladi.
Mavzuga doir: Zudlik bilan dermatologga murojaat qilish zarurligini anglatuvchi simptomlar
Manba