Ko‘p shakar iste’mol qilish qandli diabetga olib keladimi?
Aksariyat odamlar ko‘p shakar iste’mol qilish qandli diabetga olib keladi, deb ishonadi. Bu kasallik qandli diabet deb bejiz aytilmagandir, ehtimol. Haqiqatan ham shundaymi?
Foto: Legion MediaQandli diabetga nima sabab bo‘ladi?
Qandli diabet — bu insulin ishlab chiqarish yoki uning ta’siri yoxud har ikkalasining buzilishi natijasida surunkali giperglikemiya(qonda haddan tashqari yuqori glyukoza darajasi)bilan tavsiflangan metabolik kasallik guruhi hisoblanadi. Bu buzilishlar turli organlarning(ko‘z, buyrak, asab, yurak va qon tomirlari)shikastlanishi, disfunksiyasi va yetishmovchiligi bilan birga keladi.
1-toifa diabet genetik moyillik mavjud bo‘lganda rivojlanadi, bu oshqozon osti bezi hujayralarining autoimmun shikastlanishi uchun qo‘zg‘atuvchi sifatida harakat qiluvchi omillar tomonidan amalga oshiriladi. Oddiy qilib aytganda, bu irsiy kasallik. Agar ota-onalardan birida 1-toifa diabet bo‘lsa, bolada ham ushbu patologiya uchrashi ehtimoli ko‘proq. 1-toifa diabetda oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqarmaydi. Shu sababli bu dardga chalinganlar butun umri davomida uni tashqaridan inyeksiya orqali oladi.
2-toifa diabet boshqa sabablarga ko‘ra rivojlanadi. Bunga hamma chalinishi mumkin. 2-toifa diabet insulin qarshiligidan kelib chiqadi.
Uglevodlarni me’yordan ko‘p iste’mol qilish qon glyukoza darajasining oshishiga olib keladi, buning natijasida oshqozon osti bezi ushbu glyukozani hujayralarga tashishga yordam beradigan insulin ishlab chiqaradi. 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan odamda hujayralar insulinga nisbatan kamroq sezgir bo‘ladi. Bu insulin qarshiligi hisoblanadi.
Global miqyosda insulin qarshiligi ikkita paydo bo‘lish mexanizmiga ega:
- A turi — ortiqcha yog‘ to‘qimalari tufayli;
- B turi — insulin yoki insulin retseptorlariga antitanalar mavjudligi sababli.
Xo‘sh, bunda shakarning ta’siri bormi?
Agar me’yorida iste’mol qilinsa, bu tanadagi yog‘ ulushining oshishiga olib kelmaydi, insulin samarali ishlashda davom etadi.
Semirib ketishga olib keladigan haddan tashqari iste’mol vaqt o‘tishi bilan asta-sekin 2-toifa diabet rivojlanishi xavfi mavjud.
2-toifa diabet har qanday semiz odamda rivojlanishi mumkin: tanadagi yog‘ miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, 2-toifa diabetning rivojlanish ehtimoli shunchalik baland bo‘ladi. Bu yerda shakarning ahamiyati yo‘q. Bunday odamlar umuman shakar iste’mol qilmasligi yoki diyetadan barcha uglevodlarni chiqarib tashlashi mumkin — ular semirib ketsa, 2-toifa diabet rivojlanadi.
Nima qilish kerak?
2-toifa diabet shakar tufayli emas, balki har qanday yuqori kaloriyali ovqatni haddan tashqari iste’mol qilish natijasi bo‘lgan semizlik tufayli rivojlanadi. Yechim esa oddiy — turmush tarzini o‘zgartirish, iste’mol qilinadigan kaloriyalar sonini kamaytirish va umumiy faollikni oshirishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga doir:
- Allergiyaning ko‘pchilik e’tibordan chetda qoldiradigan kutilmagan belgilari
- Qandli diabet xavfini oshiradigan mahsulotlar
- Ramazonda sport mashg‘ulotlari va ovqatlanish: to‘lishib ketmaslikka yordam beradigan tavsiyalar
- Ro‘za tutish qandli diabet va teri kasalliklarining oldini oladi
Manba