Shifokorlar voz kechishni tavsiya etadigan 11 mahsulot
Hammaga ma’lumki, bir qadoq chipsdan ko‘ra, olma yeyish yaxshiroq, lekin nega? Bu kabi mahsulotlar salomatlikka qanday zarar yetkazadi?
Foto: “Domashniy ochag”Sog‘liqni saqlashda ovqatlanish muhim rol o‘ynaydi. Agar foydali mahsulotlar haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lsak, zararli narsalarni ratsiondan chiqarib tashlash oson bo‘ladi. Quyida qaysi oziq-ovqatlar salomatlik uchun haqiqatan ham zararli ekanini va ularni qaysi mashulotlar bilan almashtirish mumkinligini bilib olishingiz mumkin.
Gazlangan shirin ichimliklar
Har qanday mahsulotdagi shakar juda yomon belgidir. Biroq shakarning ba’zi manbalari boshqalardan ko‘ra yomonroqdir, masalan, shakarli ichimliklar ayniqsa zararli. Gap shundaki, ular ichilganda, miya bu jarayonni oziqlanish sifatida qayd etmaydi, ya’ni siz bir vaqtning o‘zida gazlangan ichimlik ichilsa ham, tushlik vaqtida ovqatlanishdan bosh tortib bo‘lmaydi, chunki organizm ochlikni his qiladi.
Shuningdek, gazli ichimliklar ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda, shakar insulin qarshiligiga olib kelishi mumkin, qolaversa, jigar kasalligi, ikkinchi toifa diabet va yurak kasalliklarining rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Eng yaxshi variant — suv. Biroq olimlarning ta’kidlashicha, choy va qahva shakar qo‘shilmagan holda ham ajoyib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. Agar salqin ichimlik ichmoqchi bo‘lsangiz, gazlangan suvga limon bo‘lagi qo‘shib ichish mumkin.
Meva sharbatlari
Afsuski, mevali sharbatlar ham zararli mahsulotlar toifasiga kiradi, yana ishlab chiqaruvchilar saxiylik bilan qo‘shadigan shakar miqdori tufayli. Supermarketlardagi deyarli barcha sharbatlar gazli kabi shakarni o‘z ichiga oladi. Ammo har doim yangi siqilgan sharbatni ichish mumkin. Ba’zi meva sharbatlari, shuningdek, anor va qorag‘at sharbatlari kabi shakar miqdoriga qaramay, sog‘lom ekani isbotlangan.
Qovurilgan taomlar
Tovada qovurish va grilda pishirish eng zararli taomlar hisoblanadi. Birinchidan, bu jarayon ko‘pincha juda ko‘p miqdordagi yog‘ bilan pishiriladi, bu esa kaloriya miqdorini sezilarli darajada oshiradi. Ikkinchidan, yuqori haroratda pishirishda bir necha turdagi zararli kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi. Bularga akrilamidlar, akrolein, geterosiklik aminlar, oksisterollar, polisiklik aromatik uglevodorodlar(PAH)va boshqalar kiradi!Ushbu birikmalarning ko‘pchiligi saraton va yurak xastaliklari xavfi ortishi bilan bog‘liq.
Oziq-ovqat mahsulotlarini pishirishning foydali usullarini tanlash yaxshidir: qaynatish, dimlash va bug‘da pishirish tavsiya etiladi.
Pishiriq, pechenye va pirojniylar
Bunday shirinliklar bilan bog‘liq asosiy muammo shundaki, ularning kaloriyasi juda yuqori, shuningdek, deyarli hech qanday foydali oziq moddalarga ega emas. Ular shakar, tozalangan bug‘doy uni, trans yog‘lari va ko‘plab konservantlardan tashkil topadi. Bunday oziq-ovqat semirishga va foydali mikroelementlarning yetishmasligiga sabab bo‘ladi, ularni iste’mol qilish mutlaqo foydasiz. Agar shirinliksiz yashash qiyin bo‘lsa, yogurt, yangi meva yoki qora shokoladdan ta’tib ko‘rish mumkin.
Kartoshka fri va chips
Ko‘pchilik kartoshkaning zararli ekaniga ishonishiga qaramay, aslida yangi oq kartoshka juda foydali. Biroq fri va chipslar chindan ham zararli. Bu yeguliklar juda yuqori kaloriyali. Ularni me’yoridan ortiqcha iste’mol qilib qo‘yganni sezmay ham qolish mumkin. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu oziq-ovqatlar ko‘plab mamlakatlarda semirishning sababi hisoblanadi. Shuningdek, kartoshka qovurilganda hosil bo‘ladigan kanserogenlar bo‘lgan akrilamidlarning yuqori miqdorini o‘z ichiga olishi mumkin. Kartoshkani qovurilganidan ko‘ra qaynatib iste’mol qilgan yaxshiroq.
Past kaloriyali yogurt
Yogurt juda sog‘lom mahsulot bo‘lishi mumkin, ammo afsuski, supermarketlarning aksariyatida bunday variantlar mavjud emas. Do‘konlardagi mashhur mahsulotlardan biri past kaloriyali yogurt bo‘lib, u kam yog‘li bo‘lsa-da, lekin shakari juda yuqori!Bundan tashqari, ko‘plab yogurtlarda probiyotik bakteriyalar mavjud emas deb qaraladi. Ular odatda pasterizatsiya qilinadi, bu aksariyat bakteriyalarni o‘ldiradi. Shakarsiz va har qanday xushbo‘y hidsiz yog‘li yogurt iste’mol qilish yaxshiroqdir.
Muzqaymoq
Muzqaymoq esa zararli mahsulotlar ro‘yxatida!Ko‘pgina mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda juda ko‘p tanlov tufayli ushbu mahsulotga me’yordan ortiq shakar qo‘shiladi. Bundan tashqari, kaloriyasi juda yuqori va uni ortiqcha iste’mol qilish juda ko‘p uchraydi. Uy sharoitida muzqaymoq iste’mol qilish yoki minimal miqdordagi qo‘shimchalar bilan tayyorlangan eng oddiy variantlarni tanlash kerak.
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Parhezshunoslar ratsionda go‘shtni e’tiborsiz qoldirmaslikni va vaqti-vaqti bilan yog‘siz, qayta ishlanmagan go‘shtni tanovul qilishni maslahat beradi. Biroq kolbasa, sosiska va boshqa go‘shtli mahsulotlar haqida bunday tavsiyani deyarli bermaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qayta ishlangan go‘sht mahsulotini iste’mol qiladigan odamlarda yo‘g‘on ichak saratoni, ikkinchi toifa diabet va yurak kasalliklari kabi jiddiy kasalliklar xavfi yuqori.
Qayta ishlangan pishloq
Oddiy pishloq juda foydali bo‘lishi mumkin. Ushbu mahsulotning kichik bir qismi ham ozuqaviy moddalariga to‘la!Biroq qayta ishlangan pishloq mahsulotlari oddiysiga o‘xshamaydi. Ular asosan pishloqqa hech qanday aloqasi bo‘lmagan massalardan(emulsifikatorlar, o‘simlik moylari, natriy, oziq-ovqat bo‘yoqlari, konservantlar va shakarda yuqori bo‘lgan modda)tayyorlanadi. Shuning uchun feta, motsarella va tvorog pishloqlarini iste’mol qilish foydalidir.
Qahva
Qahva antioksidantlarga boy va sog‘liq uchun juda ko‘p foyda keltiradi. Qahva ichuvchilar ikkinchi toifa diabet va Parkinson kasalligi kabi jiddiy kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Ammo har yili o‘sib borayotgan ko‘plab raqobat tufayli qahva kokteyllari uchun tobora ko‘proq qiziqarli variantlarni taklif qilmoqda. Bunday ichimliklar bir stakan gazli ichimlikdan ko‘ra shirinroq bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar qora qahvani mukammal hisoblab, ko‘proq uni ichishni tavsiya etadi. Shuningdek, unga ozgina sut ham qo‘shish mumkin.
Qayta ishlangan mahsulotlar
Bunday mahsulotlar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, ularning tarkibi ishlab chiqarish bosqichida o‘zgaradi. Yaroqlilik muddatini qisqartiradigan ingredientlar olib tashlanadi va uni uzoqroq saqlashga yordam beradigan moddalar qo‘shiladi.
Bunday mahsulot tarkibida ko‘p miqdorda tuz va shakar, trans yog‘lari mavjud. Natijada bunday oziq-ovqat vazn ortishiga, ikkinchi toifa diabetga va erta o‘lim xavfining 26 foizga oshishiga olib keladi. Shuning uchun xarid qilingan mahsulotlar yorliqlarini o‘qib chiqish lozim. Har doim qayta ishlangan mahsulotlardan ko‘ra tabiiylariga ko‘proq ustunlik berish tavsiya etiladi.
Mavzuga doir:
- Qandli diabet xavfini oshiradigan mahsulotlar
- Saratonga qarshi kurash: onkologlarning fikriga ko‘ra eng foydali hamda eng zararli mahsulotlar
- Vazn kamaytirishda kechasi iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar
- Faqat baliq emas: tarkibida omega-3 yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan hamyonbop mahsulotlar
Manba