Salomatlik Salomatlik Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar

Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar

O'qildi: 321


Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar

Yurakni sog‘lom saqlash uchun nafaqat qon bosimi, balki xolesterin miqdorini ham kuzatib borish muhimdir. Buning uchun ratsionga iloji boricha qonda xolesterin darajasini pasaytiradigan ko‘proq mahsulotlarni kiritish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradigan omillardan biri yuqori xolesterindir. Uning qondagi tarkibini nazorat qilishning eng oson yo‘li ratsionni kuzatib borish va xolesterinni kamaytiradigan mahsulotlarni iste’mol qilishdir.

Zaytun va zaytun moyi

Yurak-qon tomir kasalliklarining eng past darajasi dunyoning zaytun va zaytun moyi kunlik ratsionning asosiy qismi bo‘lgan mintaqalarida uchraydi, chunki bu mahsulot xolesterinni kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qonda xolesterin miqdori ularni iste’mol qilgandan keyin ikki soat davomida xavfsiz darajada saqlanadi. Shuning uchun, zaytun va uning yog‘ini har kuni iste’mol qilishga arziydi.

Avokado

Sog‘lom to‘yinmagan yog‘larga, shuningdek, qon tomirlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan omega-3 kislotasiga boy. Bundan tashqari, ushbu mahsulot xolesterinni pasaytirishda samarali bo‘lib, yurakni ham himoya qiladi.

Baliq

Kuniga kamida ikki porsiya yog‘li baliq iste’mol qilish tavsiya etiladi – bu miya, qon tomirlari va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yog‘li baliqlar xolesterin darajasini tartibga soluvchi to‘yinmagan yog‘larga va yomon xolesterinni kamaytiradigan omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalariga boy.

Piyoz

Oddiy piyozda mavjud bo‘lgan maxsus antioksidant flavonoid arteriyalarda xolesterin quyqalari to‘planishining oldini olishga yordam beradi va qon tomirlarning sog‘lig‘ini saqlaydi. Aytgancha, xolesterinni pasaytirish uchun siz piyoz va sarimsoq kabi mahsulotni iste’mol qilish kerak, chunki ular bir xil foydali xususiyatlarga ega!

Suli yormasi

Ratsionda kletchatka qancha ko‘p bo‘lsa, qondagi yomon xolesterin shunchalik kamayadi. Suli yormasi kletchatka manbalaridan biri. Uni har tongda iste’mol qilishi – xolesterinni kamaytirishda samarali hisoblanadi.

Loviya

Qimmatbaho tolaning yana bir manbayi dukkaklilar va ayniqsa loviya hisoblanadi. Kanada tibbiyot assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan tadqiqot olti oy davomida kuniga bir marta loviya iste’mol qilish xolesterin miqdorini 5 foizga kamaytirishga yordam berishini tasdiqlaydi.

Zarchava

Taomni nafaqat mazali, balki foydali qiladigan haqiqiy “ziravorlar malikasi”. Zarchava kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Bundan tashqari, ushbu mahsulot xolesterinni hatto yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlarda ham samarali ravishda kamaytiradi.

Soya

Soya asosli ovqatlar, masalan, tofu yoki soya suti tarkibida fitosterollar mavjud bo‘lib, ular tarkibida jigar hosil qiladigan xolesteringa o‘xshash birikmalar mavjud. Bu ovqatlar xolesterinni tez va samarali ravishda kamaytiradi, yurak va qon tomirlarini mustahkamlaydi.

Bodom

Bodom ham yomon xolesterinni kamaytirishi mumkin. Bu mazali yong‘oqlar nafaqat sog‘lom o‘simlik oqsili, kletchatka va to‘yinmagan yog‘lar manbayi, balki xolesterinning haqiqiy dushmani hamdir. Olti hafta davomida har kuni bodom iste’mol qilish yaxshi xolesterin miqdorini oshirishga va qon tomirlarini himoya qilishga yordam beradi.

Qora shokolad

Mazali, shirin va juda foydali qora shokolad maxsus antioksidantlarga boy va boshqa narsalar qatori, qonda xolesterin darajasini pasaytiradi va organizmdagi yashirin yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Lekin asosiysi, yuqori kakao tarkibiga ega shokoladni tanlash kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.