Salomatlik Salomatlik Nozik muammo: Qabziyatning oldini olishda yordam beradigan 8 ta mahsulot

Nozik muammo: Qabziyatning oldini olishda yordam beradigan 8 ta mahsulot

O'qildi: 452


Nozik muammo: Qabziyatning oldini olishda yordam beradigan 8 ta mahsulot

Uzoq vaqt davomida ich qotishining sabablari juda jiddiy bo‘lishi mumkin: saraton yoki skleroz kabi xavfli kasalliklardan stressgacha. Agar ichaklar 72 soatdan ortiq ishlamasa yoki bunday vaziyatlar muntazam ravishda ro‘y bersa, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak. Ammo agar ich qotishi bir marta kuzatilsa, uy sharoitida davolanishga harakat qilish mumkin. “Noviy ochag” nashri ushbu qiyin vaziyatda ichaklarga yordam berish uchun nima iste’mol qilish keakligini ma’lum qildi.

Foto: Organic Woman

Ko‘pincha, ichakning normal ishlashining buzilishi sababi suyuqlik yetishmasligidir. Ovqat hazm qilish tizimini rag‘batlantiradigan va ichaklarni harakatlantirib, chiqindilarni yo‘q qilishga yordam beradigan narsa — bu suvdir. Shuning uchun oz-ozdan, lekin muntazam ravishda suv ichishni unutmaslik lozim.

Ko‘pincha ich qotishi paydo bo‘lishining ikkinchi sababi — ratsionda kletchatkaning yetishmasligidir. Oziq-ovqat kletchatkalar hazm qilish tizimi uchun juda muhimdir, ularsiz uning normal ishlashi mumkin emas.

Qabziyatda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerak?

Chia urug‘lari

Foto: “Noviy ochag”

30 gramm chia urug‘i 10 gramm kletchatkani o‘z ichiga oladi — bu kunlik ehtiyojning deyarli yarmi degani. Ularni salat yoki ertalabki yogurtga qo‘shib iste’mol qilish orqali organizmda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni his qilish mumkin.

Avokado

Foto: “Noviy ochag”

Bu nafaqat juda sog‘lom o‘simlik yog‘larining manbai, balki tom ma’noda kletchatkalar ombori ham: standart porsiyada taxminan 10 gramm kletchatka mavjud. Bundan tashqari, avokadolarni muntazam iste’mol qilish yomon xolesterin darajasini pasaytirishga, yurak kasalliklari, saraton xavfini kamaytirishga va qonda shakar darajasini barqaror saqlashga yordam beradi.

Yong‘oq

Ehtimol, yong‘oq tarkibidagi kletchatkasi bilan boshqa mahsulotlar ichida chempiondir: bitta porsiyada 12 gramm kletchatka mavjud. Bu yong‘oqlarda ko‘plab o‘simlik yog‘lari mavjud bo‘lib, ular qon tomirlari va yurak salomatligi uchun ham zarurdir.

Chernika va golubika

Foto: “Noviy ochag”

Shuningdek, malina ham ushbu rezavorlar qatoriga kiradi. Ushbu rezavorlarning har birida 10 grammgacha kletchatka, juda foydali antioksidant va vitaminlar mavjud. Ayniqsa foydali moddalar nafaqat yangi rezavorlar, balki muzlatilgan va hatto quritilgan mevalarda ham bor.

Kepak

14 gramm kletchatka — bu faqat bir porsiya kepakdan olinadigan narsadir. Bu kerakli miqdordagi kletchatka olishning eng oson yo‘li. Aytgancha, kepakni muntazam iste’mol qilish saratonning ayrim shakllarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Yashil no‘xat

Foto: “Noviy ochag”

Juda mazali hamda foydali: xolesterinni pasaytiradi, tuz, shuningdek, sog‘lom yog‘lar muvozanatini saqlashga yordam beradi. Yashil no‘xatning bir porsiyasida 8,5 gramm kletchatka mavjud.

Loviya

Foto: “Noviy ochag”

Loviya va boshqa donli ekinlar ham yetarli miqdorda kletchatka olishning eng oson usullaridan biridir. Turiga qarab, ular har bir porsiyada 10 grammgacha kletchatkani o‘z ichiga oladi.

Suli

Suli yormasi nonushta uchun ajoyib mahsulot bo‘lib, unda hamma narsa mavjud: kalsiy, oqsil va kletchatka. Agar suli yormasiga biroz chia urug‘i yoki yangi rezavorlar qo‘shilsa, nihoyatda foydali hamda mazali nonushta tayyor bo‘ladi.

Mavzga doir:

  • Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin?Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot
  • Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak?Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq
  • Sutdan ko‘ra ko‘proq kalsiyga boy 5 ta mahsulot
  • Har kuni bitta olma iste’mol qilishga undaydigan 10 ta sabab


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.