Behining ayollar salomatligi uchun qanday foydalari bor?
Behi organizmda yuzaga keladigan ko‘plab jarayonlarga ta’sir qiladi. Boshqa narsalar qatorida, u vazn yo‘qotishga yordam beradi, oshqozon yarasini davolaydi, yallig‘lanishga qarshi vosita, ajoyib antioksidant xususiyatlarga ega va hatto stressni kamaytiradi. Behi har bir kishi bilishi kerak bo‘lgan o‘ziga xos afzalliklari mavjud, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Vazn kamaytirishga yordam beradi
Xuddi shu toifadagi boshqa mevalar(olma va nok kabi)kabi behining ham kaloriyasi juda kam. 100 gramm yangi behida atigi 57 kaloriya bor. Shuningdek, u kletchatka va muhim ozuqaviy birikmalarga boy. Vaznini kamaytirmoqchi bo‘lganlarga behi iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanadigan insonlar bu meva beradigan foydali vitamin va uglevodlar tufayli energiya darajasini oshirishi mumkin.
Oshqozon yarasini davolaydi
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, behi oshqozon yarasi paydo bo‘lishining oldini oladi. Aslida bu meva ko‘pincha oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan H. pylori bakteriyalarining shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi noyob birikmalarni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘pincha stress va noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi va dori-darmonlar bilan davolash mumkin bo‘lsa-da, behi muammoning yanada tabiiy yechimini ko‘rsatadi. Ko‘proq tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, behi sharbatini muntazam ravishda ichish oshqozon salomatligi va oshqozon yarasining oldini olish uchun juda foydali.
Yallig‘lanishga qarshi vosita
Behi mevasi C vitaminiga nihoyatda boy, u tavsiya etilgan kunlik qiymatning 25 foizgacha berishi mumkin. Bu vitamin immunitet darajasini oshiradi va ba’zi yallig‘lanish holatlarini davolashda yordam beradi. Ushbu mevaning antibakterial xususiyatlari zararli bakteriyalarning ko‘payishi va tarqalishining oldini olish uchun ham kerak.
Antioksidant xususiyatga ega
Behi o‘zining ajoyib antioksidant xususiyatlari bilan qadimdan ma’lum bo‘lgan. Darhaqiqat, bu meva antioksidantlarga juda boy bo‘lib, ular erkin radikallarga qarshi kurashishda yordam beradi va shu bilan hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Yallig‘lanishga qarshi kurashish, metabolik stressni kamaytirish va surunkali kasalliklar xavfini oldini olish uchun juda foydali. Mevalarda mavjud bo‘lgan kavrsetin va kempferol kabi flavonoidlar yurak va yurak-qon tomir kasalliklari ehtimolini kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, behi sharbatidagi antioksidantlarning ko‘pligi terini yoshartirishga, qarish va stressdan kelib chiqqan zararni tiklashga yordam beradi.
Viruslarga qarshi vosita
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, behi fenolik moddalarga juda boy. Ushbu birikma ko‘p yillar davomida an’anaviy va g‘arbiy tibbiyotda dori vositalarining grippga qarshi faolligini oshirish uchun ishlatilgan. Ushbu virusga qarshi xususiyatlar behining antioksidant va yallig‘lanishga qarshi jihatlari bilan birga shamollash, mavsumiy gripp va boshqa shunga o‘xshash virusli kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olishda juda foydali ekani isbotlangan.
Ovqat hazm qilish muammolarini davolaydi
Garchi behi xalq tabobatida asrlar davomida ovqat hazm qilish muammolarini davolash uchun foydalanilgan bo‘lsa-da, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ham bu mevaning foydali xususiyatlarini tasdiqladi. Behi ichak to‘qimalarini ichakning yallig‘lanish kasalligi va yarali kolit kabi ba’zi ovqat hazm qilish kasalliklaridan himoya qilishda samarali ekani isbotlangan.Ushbu mevaning oshqozon va ichaklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ajoyib foydalari tufayli, u qayt qilish va ko‘ngil aynish oqibatlarini, hatto homiladorlik yoki ertalabki ko‘ngil aynish ta’sirini kamaytirishga yordam berishi aniqlangan.
Yurak-qon tomir tizimi uchun foydalari
Behi yurak-qon tomir salomatligi uchun nihoyatda foydali. Haqiqatan ham, bu mevalar xlorogen kislotalar, antosiyaninlar va flavonollarga, shuningdek, katexinlar va proantosiandinlarga boy. Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, behi olma va gilos bilan birga qon bosimini tushirish yoki muvozanatlashda yordam beradi. Biroq bu mevaning eng muhim afzalliklarini bilish uchun uni ratsionga kiritish kerak. Bundan tashqari, behi tarkibidagi barcha qimmatli birikmalarni saqlab qolish uchun uni muntazam ravishda va xom holda iste’mol qilish lozim.
Xolesterin darajasini muvozanatlashda yordam beradi
Behi mevalari tabiiy eriydigan kletchatkaga boy va tarkibida xolesterin yo‘q. Bu shuni anglatadiki, u xolesterini yuqori odamlarning kundalik ratsioniga hech qanday nojo‘ya ta’sirlarsiz qo‘shilishi mumkin. Agar behining pishmagani yoqmasa, uni dolchin bilan qaynatib, mukammal shirinlik tayyorlash mumkin. Muntazam ravishda behi iste’mol qilish yurak sog‘lig‘ini saqlash uchun juda foydali hisoblanadi.
Saraton kasalligi xavfini kamaytiradi
Sog‘lom, to‘yimli oziq-ovqat uzoq umr va salomatlik kaliti bo‘lsa-da, ba’zi meva va sabzavotlar borki, bu vazifani boshqalarga qaraganda biroz yaxshiroq bajaradi. Behining ko‘plab antioksidant xususiyatlari tufayli, bu mevalar saraton xavfini kamaytirishda potensial foydali hisoblanadi. Darhaqiqat, behi erkin radikallar bilan kurashishga yordam beradi va hujayralarni ular keltirib chiqaradigan zararlardan himoya qiladi. Behi mevasi va sharbati odatda katexin va epikatexin kabi taninlar deb ataladigan biriktiruvchi xususiyatlarga ega ekanligi isbotlangan. Ushbu birikmalar eng mashhurlari qatoriga kirmasa ham, shilliq pardalarni saraton kasalligidan himoya qilishda muhim vazifani bajaradi. Buning uchun ular ko‘pincha saratonga olib keladigan toksinlar bilan birlashadi va ularni zararsizlantiradi.
Stressni kamaytiradi
Behi sharbatini muntazam ravishda iste’mol qilish stress darajasini kamaytirishga yordam beradi. Behining bu xususiyati asosan uning yuqori antioksidant tarkibiga bog‘liq. Shuningdek, tinchlantiruvchi xususiyatlari tufayli yoga bilan shug‘ullanuvchilarning sevimli mahsulotlardan biridir.
Ko‘z salomatligi uchun foydali
An’anaviy tibbiyotda behidan ko‘z salomatligi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun foydalanilgan. U ko‘rish qobiliyatini yaxshilashdan tashqari, jiddiy ko‘z kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Behi B1, B3, B6 vitaminlari, kalsiy, kaliy, rux, foliy kislotasi va boshqa minerallar tufayli ko‘z salomatligini himoya qilishga qodir.
Jigar uchun foydalari
Behi jigar va oshqozon uchun ajoyib himoyaviy xususiyatga ega. U an’anaviy xitoy tibbiyotida jiddiy jigar kasalliklarining oldini olish uchun iste’mol qilingan. Bu meva bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalarga qarshilikni oshirish uchun eng muhim xususiyatga ega.
Allergiya belgilarini bartaraf etishga yordam beradi
Behi mevasi va uning sharbati keng tarqalgan allergik reaksiya, astma xurujlari va allergik dermatit belgilarini bartaraf etishga yordam beradi. Bu allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradigan immunitet hujayralarining faoliyatini bostiradi. Bu burun oqishi, ko‘zlarning qichishi, astma va allergik dermatit kabi keng tarqalgan yengil allergik reaksiyalarni davolashga yordam beradi.
Manba