Salomatlik Salomatlik C vitaminiga boy bo‘lgan 11 ta mahsulot

C vitaminiga boy bo‘lgan 11 ta mahsulot

O'qildi: 453


C vitaminiga boy bo‘lgan 11 ta mahsulot

Askorbin kislotasi haqida o‘ylaganimizda, apelsin yoki mandarin boshchiligidagi barcha sitrus mevalari darhol esga tushadi. Bular, shubhasiz, foydali mevalar, ammo bizning ro‘yxatimizdagi har bir mahsulot C vitamini o‘z ichiga oladi. Hayron qoldingizmi?Qolaversa, ular sizga juda tanish bo‘lgan mahsulotlar, deb yozadi Lisa nashri.

Askorbin kislotasi hammamizga ma’lum. Bu eng mashhur sog‘liqqa foydali bo‘lgan vitamindir. Milliy sog‘liqni saqlash institutlari ma’lumotlariga ko‘ra, C vitamini hujayralarni sigaret tutuni, ifloslanish va quyoshning ultrabinafsha nurlari kabi zararlardan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, u jarohatni davolashga yordam beradi va temirning so‘rilishiga yordam beradi, yallig‘lanishni kamaytiradi va oq qon hujayralari faoliyatini rag‘batlantirish orqali tananing immunitet tizimida ishtirok etadi. Bundan tashqari, qora dog‘larni ketkazish va terini oqartirish orqali bizning go‘zalligimiz ustida ishlaydi.

Tanqislik belgilari

Rivojlangan mamlakatlarda C vitamini yetishmovchiligi kamdan-kam uchraydi, lekin bir oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida kuniga 10 mg dan kam bo‘lgan cheklangan ovqatlanish bilan vitamin tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.

C vitamini tanqisligining eng keng tarqalgan belgilari:

  • Singa kasalligi(C vitamini yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kasallik).
  • Qon tomirlarining yorilishi bilan qon ketishi va ko‘karishlar tufayli teridagi dog‘lar.
  • Tish milkining shishishi yoki qon ketishi, tish tushishi.
  • Soch to‘kilishi.
  • Teri yaralarining uzoq vaqt mobaynida bitmasligi.
  • Charchoq, bezovtalik.
  • Temir so‘rilishining pasayishi tufayli temir tanqisligi(anemiya).

Vitaminlarga boy mahsulotlar

  1. Qulupnay
    Foto: Lisa

Bu rezavorning har bir porsiyasida 85 mg C vitaminini o‘z ichiga oladi va ular qonda qand darajasini barqaror ushlab turishga yordam beradigan marganesga ham ega. Tadqiqotga ko‘ra, faqat sinovdan o‘tgan, yangi uzilgan qulupnayni topish zarur, chunki ular ko‘pincha pestitsidlar bilan yetishtiriladi.

  1. Ananas
    Foto: Lisa

Yangi, tropik, sersuv bir dona ananasda 79 mg C vitamini bor. Boshqa mevalardan farqli o‘laroq, bu protein hazm bo‘lishiga yordam beradigan bromelin fermentini ham o‘z ichiga oladi.

  1. Mango
    Foto: Lisa

Mazasi shirali mango mevasida 72,8 mg C vitamini mavjud. Ular, shuningdek, ko‘zlarni sog‘lom saqlashga yordam beradigan antioksidant bo‘lgan zeaksantan moddasining beqiyos manbaidir. Yilning istalgan vaqtida bu mevaning yangisini topish qiyin, ammo muzlatilgan ham foydadan holi emas.

  1. Bryussel karami
    Foto: Lisa

Bir porsiyada 75 mg, shuningdek, saratonga qarshi kurashuvchi ozuqa moddalari mavjud. Bundan tashqari, mahsulot to‘g‘ri ovqatlanish uchun idealdir. Undan ajoyib salatlar va qo‘shimcha ovqatlar tayyorlashingiz mumkin.

  1. Kivi
    Foto: Lisa

Ushbu mevani ko‘pincha “C vitamini qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?”, degan ro‘yxatdan topish mumkin. Birgina ikki dona kivida 128 mg kunlik doza mavjud. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kivi tezda uxlab qolishga va uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ehtimol, undagi uyqu boshlanishini tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydigan serotonin gormoninning yuqori darajasi tufaylidir.

  1. Bulg‘or qalampiri
    Foto: Lisa

Bulg‘or qalampirlarining — yashil, sariq, qizil va to‘q sariqlari — barchasi apelsinga qaraganda ko‘proq C vitamini o‘z ichiga oladi. Yashil qalampirda 95 mg dan, sariqda esa 341 mg gacha askorbin kislotasi bo‘lib, shuningdek, kaloriyasi past, aynan diyeta bop mahsulotdir.

  1. Shaftoli
    Foto: Lisa

Bir dona o‘rtacha kattalikdagi shaftoli tarkibida 138 mg ta’sir etuvchi modda mavjud. Uni bo‘tqa yoki yogurtga qo‘shing yoki shunchaki gazak qiling — har qanday holatda ham foydali bo‘ladi.

  1. Papayya
    Foto: Lisa

O‘zining tropikdoshlari, mango va ananas kabi papayya tarkibida C vitamini yetakchi hisoblanadi. Bitta kichik mevada 95 mg C vitamini bor. Shuningdek, u yallig‘lanishni kamaytiradigan papain va ximopapain fermentlarini o‘z ichiga oladi.

  1. Brokkoli
    Foto: Lisa

To‘g‘ralgan xom brokkolining bir porsiyasida taxminan 81 mg C vitamini, shuningdek, suyak salomatligi va qonning to‘g‘ri ivishi uchun muhim bo‘lgan K vitamini mavjud. Shuning uchun, agar siz hali bu mahsulot bilan yaqindan tanish bo‘lmasangiz, taomnomani ushbu brokkoli bilan diversifikatsiya qilish vaqti keldi.

10. Pomidor soki

 

Foto: Lisa

 

Ushbu rang-barang ichimlikning bir stakanida 170 mg askorbin kislotasi, shuningdek, A vitamini kunlik qiymatining 21 foizi va kaliy kunlik qiymatining 15 foizi va faqatgina 41 kaloriya mavjud. Shishishni oldini olish uchun kamroq tuzli variantlarini(natriy miqdori kam bo‘lgan)pomidor sokini tanlang.

11. Gulkaram

Foto: Lisa

Ushbu ko‘p qirrali sabzavotli taom juda ko‘p vitaminga ega: har biridan taxminan 283,4 milligrammdan. Shu bilan birga, gulkaram tarkibida yog‘ va xolesterin mavjud emas, bir oz miqdorda natriyni bor xolos.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.