Salomatlik Salomatlik Mandarin iste’mol qilinganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Mandarin iste’mol qilinganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

O'qildi: 440


Mandarin iste’mol qilinganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Mandarinning kelib chiqishi Xitoyga borib taqaladi. 1178-yildagi qo‘lyozmalardan birida uning 27 xil navi tavsiflangan. Ko‘plab mamlakatlarda tanjerin nomi bilan ham ataladigan mazkur mevaning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Elle

Vitaminga boy

Bir dona mandarinda kundalik me’yor hisoblangan C vitamining 31 foizi bo‘ladi. Shuningdek B guruhi vitaminlari, A provitamini hamda P, K vitaminlari mo‘l bo‘libgina qolmay, askorbinka va minerallangan tuzlarni ham o‘z ichiga oladi. Mandarin kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar bilan tabiiy antibiotiklar kabi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan fitonsid moddasiga ham boy sanaladi. Shu sabab ham undan tayyorlangan sharbat yuqori harorat va shamollashda yaxshi samara beradi. Ayniqsa, chekuvchilar uchun dolzarb bo‘lgan o‘pkani tozalash xususiyatiga ham ega.

Ozdiradi

Atigi 37 kaloriyani ichiga oladigan ushbu meva qomat uchun xavfli emas. Ma’lumotlarga qaraganda, u yog‘larni eritgani sabab ham sportchilar uning yordamidan foydalanadi.

Teriga foydasi

Piling yoki massajda ham foydalanadigan mandarin tana parvarishi uchun samarali. Uning po‘stidan tayyorlangan yog‘ istalgan yoshdagi kishi va teri uchun foydali. Yoshga xos bo‘lgan husnbuzar toshishi va ajinlar bilan kurashishda ham yaxshi natija beradi. Undan tayyorlangan ekstraktning bir necha tomchisi terining tiklanishi, selyullitda yordam beradi. Buning uchun 3-5 tomchi mandarin yog‘iga 1 osh qoshiq tuz va iliq suv qo‘shish kerak.

Tarkibidagi B12 vitamini soch to‘kilishini kamaytiradi, oq tushishini sekinlashtiradi. Shuningdek, soch o‘sishi uchun foydali bo‘lgan C vitaminining koni. Uning ta’sirini yanada ko‘paytirish uchun uni salatga, sous va baliq hamda tovuqli taomlarga qo‘shish tavsiya qilinadi. Mandarinlar boshqa sitrus mevalar singari nitratni ichiga olmaydi.

Foto: Elle

Mandarinni ko‘rinishiga qarab uning mazali qandayligini aniqlasa bo‘ladi. O‘rta kattalikdagi yapaloq variant nordon bo‘ladi hamda uning danagi bo‘lmaydi. Katta va po‘sti qalinlari nordon-shirin. Eng shirin va suvli variant mayda hamda olovrang bo‘ladi. Aynan shunisi uzoq muddat taxminan bir oy davomida saqlash mumkin.

Foto: Elle

Antidepressant

Depressiyani davolashning zamonaviy usullariga ko‘ra, xushbo‘y ifor ham bu borada yaxshi samara beradi va shu sabab shunday taomlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Mandarindan tayyorlangan efir yog‘i esa depressiya, uyqusizlik hamda yomon kayfiyatda ayni muddao.

Mandarin fen-shuy falsafasida muhim rol o‘ynaydi. Mandarin daraxti boylik ramzi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu ta’limotga ko‘ra mandarin yomon energiyani yo‘q qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.