Salomatlik Salomatlik Tez tayyor bo‘ladigan lapshalarni isteʼmol qilish nima uchun zararli?

Tez tayyor bo‘ladigan lapshalarni isteʼmol qilish nima uchun zararli?

O'qildi: 419


Tez tayyor bo‘ladigan lapshalarni isteʼmol qilish nima uchun zararli?

Tez tayyor bo‘ladigan lapshalar sog‘liq uchun zararli ekani ko‘p taʼkidlanadi. Chindan ham ular zararlimi va bunday mahsulotlardan tanovul qilish kerak emasmi?

Talabalar, hali turmush qurmagan bo‘ydoqlar hamda poezdda sayohat qilishni xush ko‘ruvchilar uchun qulay oziq-ovqat turi. Isteʼmol qilish keng tarqalgan lapshalarni ayrimlar aynan zarari uchun ham yeyishni xush ko‘radi. Xo‘sh, bunday ugrali taomning nimasi zararli?Quyida mahsulot tarkibini ko‘rib chiqamiz.

Lapsha

Lapsha odatda bug‘doy uni va sho‘r suvdan tayyorlanadi. Baʼzan xamirga kartoshka va loviyadan olinadigan tabiiy quyuqlashtiruvchi moddalar: kraxmal yoki guar saqichi qo‘shiladi. Pishirgandan so‘ng, lag‘mon issiq bug‘da dimlanadi(bu qaynatishning muqobili bo‘lib lapshaning tuzilishini saqlab qolish va bo‘linib ketmaslik imkonini beradi).

Foto: “Noviy ochag”

Qo‘shimchalar

Qo‘chimchalar qadoq ichiga biriktirilgan bo‘ladi. Ularning tarkibi ishlab chiqaruvchiga va lapshaning taʼmiga qarab farq qiladi. Qoida tariqasida ugra tarkibida o‘simlik yog‘i, quritilgan sabzavotlar, soya go‘shti yoki dengiz mahsulotlari, shuningdek, taʼm kuchaytirgichlarini o‘z ichiga olgan ziravorlar aralashmasi mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani mononatriy glutamat yoki glutamik kislota tuzidir(E621).

Turli fikrlarga qaramay, mononatriy glutamat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan xavfsiz deb tan olingan. Ushbu modda taxminan 100 yil oldin Yaponiyada kashf etilgan va qatiq tayyorlashga o‘xshash texnologiya — bakterial fermentatsiya yordamida ishlab chiqariladi.

Xo‘sh, agar barcha ingrediyentlar tabiiy va xavfsiz bo‘lsa, tez tayyorlanuvchi lapshalarning nimasi zarar?

Ziravorlarda ko‘p miqdorda tuz

Tuzni meʼyordan ko‘p isteʼmol qilish yuqori qon bosimi(arterial gipertoniya)xavfini oshiradi. Bu yurak va qon tomirlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji va qon tomirlari xavfi ortadi. Bundan tashqari, tuz siz isteʼmol qiladigan taomlar taʼmini kuchaytiradi, ishtaha ochadi. Shuning uchun siz shunchaki kerak bo‘lgandan ko‘proq ovqatlanasiz. Va agar bu muntazam ravishda davom etaversa, ortiqcha vazn, semirib ketish xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tuz chanqoqni oshiradi, shishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, agar qomatni saqlab qolishga intilsangiz, yuqoridagi kombinatsiya, aniqki, siz uchun emas.

Foto: “Noviy ochag”

Tez tayyor bo‘luvchi lapshalarni butunlay isteʼmoldan chiqarib tashlash kerakmi?

Hamma narsada bo‘lgani kabi, bunda ham muvozanat kerak. Albatta, bunday mahsulotlarni taomnomaning asosi sifatida qabul qilsangiz, unda organizm uchun hech qanday foyda olmaysiz. Yuqorida bayon etilganlarning barchasiga qo‘shimcha ravishda, bu mahsulot sog‘lom va muvozanatli ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan protein, klechatka va baʼzi vitaminlarga ega emas. Tez-tez tayyor lapshalardan isteʼmol qilsangiz, organizmda mikroelementlar yetishmasligi paydo bo‘ladi. Biroq vaqti-vaqti bilan taom pishirish uchun vaqt yo‘qligida yoki shunchaki bu taʼmni xohlab qolganda tanovul qilish mumkin.

Shu bilan birga, tez tayyor bo‘ladigan ugraning zararini ham kamaytirish mumkin. Misol uchun, qadoqdan ziravorlarni kamroq qo‘shing. Yoki umuman qo‘shmang. Taomning asosi sifatida faqat xamir ugrasini oling va uni barra sabzavotlar, go‘sht yoki baliq go‘shti bilan birga isteʼmol qiling. Ha, hatto qaynatilgan tuxum va ko‘katlar ham muvozanatli va to‘yimli taomni hosil qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.