Salomatlik Salomatlik Tetiklik va yaxshi kayfiyat uchun: mandarin, ananas, banan va foydaning koni bo‘lgan boshqa qishki mahsulotlar

Tetiklik va yaxshi kayfiyat uchun: mandarin, ananas, banan va foydaning koni bo‘lgan boshqa qishki mahsulotlar

O'qildi: 364


Tetiklik va yaxshi kayfiyat uchun: mandarin, ananas, banan va foydaning koni bo‘lgan boshqa qishki mahsulotlar

Sovuq mavsumda deyarli quyosh chiqmaydi, yozdagi kabi faol harakat qilinmaydi, vitaminlar yetishmaydi, ammo bayram oldidan keragidan ko‘proq ishlashga to‘g‘ri keladi. Organizmda energiya salohiyati sezilarli darajada kamayishi ajablanarli emas, shuning uchun ko‘pchilikda holsizlik kuzatiladi, kayfiyat yomonlashadi, diqqatni jamlash qiyinlashadi, ishlash sifati pasayadi va viruslarga bo‘lgan himoya zaiflashadi. Aslida ertalab mashq qilish, ko‘proq piyoda yurish, ish yukini to‘g‘ri taqsimlash, yomon odatlardan xalos bo‘lish kerak. Qolaversa, ratsionga kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlarni kiritish ham yordam beradi. Ular turli xil foydali moddalarga boy va ba’zida antidepressantlardan kabi ish beradi, deb yozadi “Lisa.ru”.

Foto: “Lisa.ru”

Mandarin

Yangi yilni mandarinsiz qanday tasavvur qilish mumkin emas. Aytgancha, Xitoyda bayram kechasi arafasida qarindoshlar va do‘stlarga ikkita mandarin sovg‘a qilish odat tusiga kirgan — buni farovonlik va omad bilan bog‘lashadi. Kayfiyatni yaxshilash uchun quyoshli sitruslarga qarash kifoya. Bundan tashqari, mandarin efir moyi bilan aromaterapiyani tashkil qilish mumkin — uning yoqimli hidi stressni yengillashtiradi, tashvishlarni yo‘q qiladi va organizmning energiya zaxiralarini tiklaydi. C vitamini tufayli shirin va nordon bo‘laklar immunitetni tiklash xususiyatiga ega. Mavsumiy infeksiyalardan himoyalanish uchun kuniga 1-2 ta mandarin iste’mol qilish kifoya.

Ananas

Foto: “Lisa.ru”

Bayramona ziyofatlardan keyin oshqozonda noqulaylik his qilasizmi?Bir tilim yangi ananas iste’mol qilish yoki uning sharbatidan bir stakan ichish tavsiya etiladi. Bu mevada oshqozon va ichaklarni rag‘batlantiruvchi moddalar mavjud. Bundan tashqari, ananas tarkibida vitaminlarning butun majmuasi mavjud: A, C, B1, B2, B9, B12, PP, shuningdek kaliy, kalsiy, natriy, magniy, mis, marganes, fosfor, temir, yod, — bir so‘z bilan aytganda, kuchli immunitet, sog‘lom yurak va quvnoq kayfiyat uchun kerak bo‘lgan hamma narsa. Bir asr oldin shamollash, bronxit va hatto gipertoniyada shifokorlar bemorlarga vaqti-vaqti bilan ananas iste’mol qilishni tavsiya qilgan.

Banan

Banan organizmni kerakli energiya bilan ta’minlaydi, organizmdagi kaliy muvozanatini tiklaydi va tez yurak urishini tinchlantiradi. Bananlarda serotoninning o‘rinbosaridan biri bo‘lgan 5-gidroksitriptamin ham mavjud. Bu miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bananlarning yagona salbiy tomoni shundaki, uning kaloriyasi yuqori.

Shokolad

Haqiqiy qora shokoladni sevuvchilar yomon kayfiyatdan shikoyat qilish ehtimoli kamroq. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, shokolad tarkibida bir qator psixofaol moddalar, jumladan, his-tuyg‘ularni tartibga solishga yordam beradigan “baxt moddasi” bo‘lgan feniletilamin mavjud. Bundan tashqari, shokolad tayyorlanadigan kakao depressiyaning oldini olishga yordam beradigan flavonoid, antioksidantlarga boy. Aytgancha, shokoladli tabletkalar sistolik(yuqori)bosimni 3 mm Hg ga kamaytiradi. Bundan tashqari, qora shokolad insult xavfini 8 foizga, yurak-qon tomir kasalliklarini esa 5 foizga kamaytiradi.

Ko‘k choy

Foto: “Lisa.ru”

Ko‘k choyda qahvadagidan kam kofein yo‘q, lekin u ancha yumshoq ta’sir ko‘rsatadi va energiyani ko‘proq oshiradi. Ko‘k choy xotirani yaxshilaydi, aqliy faoliyatni oshiradi va umuman olganda, miya hujayralarini yaxshiroq fikrlashiga yordam beradi. Kuniga atigi 1 stakan ushbu ichimlik Alsgeymer kasalligi kabi yoshga bog‘liq kognitiv muammolar xavfini kamaytirishi aniqlandi. Ko‘k choyning odatiy ta’mini zanjabil, apelsin qobig‘i yoki bir chimdim zira bilan boyitish mumkin.

Kefir

Muntazam ravishda kefir ichadigan, tvorog yoki yogurt iste’mol qiladigan odamlar o‘zlarini baxtli his qiladi, chunki tabiiy fermentlangan sut mahsulotlari psixobiotik xususiyatlarga ega. Bular yaxshi bakteriyalarning ma’lum shtammlari bo‘lib, nafaqat ichak mikrobiomini yaxshilaydi, balki kayfiyatga ham foydali ta’sir ko‘rsatadi, asabiy taranglikni yengillashtiradi, tashvishlarni kamaytiradi, kortizol(stress gormoni)darajasini pasaytiradi va shu bilan birga serotonin darajasini oshiradi(baxt gormoni). Olimlarning ta’kidlashicha, psixobiotiklar miya biokimyosida baxt hissi uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez qilishda ishtirok etadi. Tabiiy fermentlangan sut mahsulotlari foydali hisoblanadi. Ta’bga ko‘ra, kefirga rezavor, meva bo‘laklari yoki asal qo‘shish mumkin. Qolaversa, kefirni ertalab och qoringa ichish yanada foydali.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.