Salomatlik Salomatlik Mandarin iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Mandarin iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 447


Mandarin iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Mandarinning vatani Xitoy bo‘lib, 1178-yilga tegishli sharqiy qo‘lyozmalardan birida ushbu mevaning 27 ta eng yaxshi navlari tasvirlangan. Ko‘pgina mamlakatlarda(birinchi navbatda ingliz tilida so‘zlashuvchi) ushbu meva “tanjerin”(Marokashdagi Tanjer shahri bu mevaning birinchi global yetkazib beruvchisi)nomi bilan tanilgan. Mevaning o‘ziga xos atamasi ham bor — “Rojdestvo apelsini”: mavsum mevasining eng yuqori hosildorligi noyabrdan yanvargacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Elle.

Foto: Pinterest

Shamollashni davolashda yordam beradi

Bir dona mandarin C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 31 foizini o‘z ichiga oladi(immunitetni mustahkamlaydi, qarishga qarshi ta’sirga ega). Bundan tashqari, mandarin tarkibida B guruhi vitaminlari, provitamin A, P va K vitaminlari, askorbin kislotasi va mineral tuzlar mavjud. Sitrus mevalarining vakili sifatida mandarin fitonsidlarga boy — bu tabiiy antibiotiklar kabi patogen bakteriyalar bilan kurashadigan moddalar. Shuning uchun bu yangi yil mevasidan olingan sharbat isitma va shamollashni yengishga yordam beradi. O‘pkani mukammal darajada tozalaydi, bu ayniqsa chekuvchilar uchun juda foydalidir.

Mushaklar massasini saqlaydi

Mandarin vaznga hech qanday tahdid solmaydi, u 37 kiloaloriyaga ega. Bundan tashqari, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, meva yog‘ to‘qimalarining erishini sezilarli darajada tezlashtiradi, sportchilar u bilan mushaklarni yaxshilashi bejiz emas.

Ayollik latofatini oshiradi

Mandarin turli xil parvarish masalasida faol qo‘llaniladi. Uning qobig‘idan olingan yog‘ har qanday yoshga va deyarli barcha teri turlariga(ayniqsa, yog‘li)mos keladi. Qo‘llash doirasi o‘smirlar husnbuzariga qarshi kurashdan chuqur ajinlargacha o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bir necha tomchi ekstrakt terining elastikligini tiklashga yordam beradi, bu esa barcha ayollar nafratlanadigan sellyulit belgilaridan xalos bo‘lishni anglatadi. Buning uchun 15 daqiqalik xushbo‘y vanna qabul qilish mumkin: 3-5 tomchi mandarin efir moyini 1 osh qoshiq dengiz tuzi bilan aralashtirib, iliq suvga qo‘shiladi. Yoki 6-7 tomchi 15 ml massaj moyi bilan aralashtirib, muammoli joylarga to‘liq so‘rilmaguncha massaj qilinadi.

Soch to‘kilishi va oqarishining oldini oladi

Mandarin tarkibidagi B12 vitamini soch to‘kilishini kamaytiradi va sochlarning oqarishini sekinlashtiradi. Soch o‘sishida katta rol o‘ynaydigan kollagenni yaratish uchun mevadagi C vitamini kerak. C vitamini soch salomatligining yana bir muhim manbai bo‘lgan temirning so‘rilishiga yordam beradi. Mandarinni har doim salat, sharbatlar va tovuq yoki baliqli taomlarga qo‘shish mumkin.

Organizmni nitritlar bilan zaharlamaydi

Organik oziq-ovqat mahsulotlarini afzal ko‘rgan va kimyoviy moddalardan foydalanishdan jiddiy xavotirda bo‘lganlar uchun yaxshi yangilik. Mandarinlar boshqa sitrus mevalar singari tarkibida kimyoviy moddalar bo‘lmagan limon kislotasi mavjudligi sababli nitritlarni o‘z ichiga olmaydi.

Depressiyaga qarshi kurashda yordam beradi

Depressiyani davolashning zamonaviy usullari yoqimli oziq-ovqat lazzatlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Mandarin efir moyi depressiya, uyqusizlik va yomon kayfiyat uchun eng yaxshi vositalardan biri sifatida tan olingan. Bu qiyin hayotiy vaziyatni yengish va xotirjamlikni tiklashga yordam beradi.

Mandarin xarid qilishda nimalarga e’tibor berish zarur?

Mandarinning ta’mini ko‘z bilan ham aniqlash mumkin. Eng nordonlari usti silliq va o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Ularning urug‘lari bo‘lmaydi. Po‘chog‘idan oson tozalanadigan mevalar shirin-nordon bo‘ladi. Eng shirin va suvli navlari kichik yorqin ranglilaridir. Ularni +6 haroratda bir oydan ortiq vaqt davomida saqlash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.