Salomatlik Salomatlik Bayram shukuhini ulashuvchi meva — mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega?

Bayram shukuhini ulashuvchi meva — mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega?

O'qildi: 341


Bayram shukuhini ulashuvchi meva — mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega?

Yangi yil dasturxonini oliviye salati va mandarinlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu meva nafaqat mazali, balki foydaliligi bilan ham o‘ziga xosdir. Unda salomatlik uchun foydali bo‘lgan vitamin va minerallar serob.

Foto: Harper’s Bazaar

Tarkibida A vitamini bisyor ekani hisobiga ushbu mahsulot ko‘rish bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi, teri, suyaklar va tish holatini yaxshilaydi.

Tabiiy antioksidant hisoblangan C vitamini immunoglobulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi, organizmni virus va kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalardan himoya qiladi. Qolaversa, organizm hujayralarini zararli radikallardan asraydi, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi. Terini oziqlantirib, yaltirab turishini ta’minlaydi, quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Mandarin tarkibidagi B1 vitamini esa asab tizimiga ijobiy ta’sir qilib, xotira va diqqatni yaxshilaydi. D vitamini miya faoliyati va yurak-qon tizimini rag‘batlantiribgina qolmay, qarish jarayonini ham sekinlashtiradi.

Shuningdek, ushbu sitrus meva suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlovchi K vitaminini ham o‘z ichiga oladi. Qon-tomir devorlarining elastikligini ta’minlab, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Ta’mi shirin ekaniga qaramay, mandarinda kaloriya siz o‘ylaganchalik ko‘p emas. Uning 100 grammida atigi 500 kkal bo‘ladi. Qondagi qand miqdorini oshirmagani uchun ishtaha ochilishi va ortiqcha ovqatlanishni keltirib chiqarmaydi. Kletchatkaga boyligi sabab organizmning detoksikatsiyasi va hazm tizimining me’yoriy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. 80 foiz foydali moddalar mujassamligi uchun undagi oq plyonkani olib tashlash tavsiya qilinmaydi.

Mavzuga doir:

  • Organizmdagi toksinlardan xalos bo‘lish va bir necha kilogrammga ozish uchun 3 xil detoks retsepti
  • Vazn o‘zgarmay turaversa, nima qilish kerak?
  • Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?
  • Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.