Xavfli tanqislik: qaysi vitaminlar yetishmasligi terining erta qarishiga olib keladi?
Shifokor tavsiyasi va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi ko‘pincha vitamin va elementlari organizm uchun zarur ekanligini eslatib turadi. Ammo ular nima uchun kerakligi noma’lumligicha qoladi. Shu bilan birga, ko'plab muhim moddalarning yetishmasligi jiddiy sog‘liq muammolaridan tashqari, masalan, terining tez qarishiga olib kelishi mumkin. Marie Claire bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qaysi vitaminlarni qabul qilish kerakligini ma’lum qildi.
Foto: Marie ClaireC vitamini
Foto: Marie ClaireHar bir inson C vitamini shamollash bilan kurashishga yordam berishini biladi, ammo u terining ko‘rinishini ham yaxshilaydi. Kosmetolog, tibbiyot fanlari doktori — Joshua Zayxnerning tasdiqlashicha, C vitamini kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida ajinlarni kamaytirishga yordam beradi. “C vitamini erkin radikallarning zararlanishini neytrallaydigan, g‘ayritabiiy pigmentatsiya shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi va sog‘lom kollagen ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lgan kuchli antioksidantdir”, — deydi mutaxassis.
E vitamini
C vitamini singari, E vitamini ham kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishiga yordam beradi. E vitamini uzoq vaqt davomida teri hujayralarida namlikni saqlaydigan himoya to‘sig‘ini asraydi.
Sink
Foto: Marie ClaireUshbu muhim mineral immunitet tizimining faoliyatini kuchaytirishi va yaralarni davolashni rag‘batlantirishi bilan mashhur. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, sink terini ultrabinafsha nurlanishidan ham himoya qilishi mumkin. Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sink yetishmasligi qarish jarayonini tezlashtiradi.
Selen
Selen teri sifatini yaxshilaydigan va erkin radikallarga qarshi kurashadigan antioksidant xususiyatlarga ega.
Koenzim Q10
Foto: Marie ClaireAntioksidant birikma CoQ10 oziq-ovqatni energiyaga aylantirish uchun tabiiy ravishda organizm tomonidan ishlab chiqariladi. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, u ajinlarni kamaytirishga va terining tuzilishini yaxshilashga yordam beradi. Koenzim Q10 ba’zi oziq-ovqat, kosmetika va biologik faol qo‘shimchalarida mavjud.
Epigallokatexin gallati(EGCG)
Bu ko‘k choy tarkibida mavjud bo‘lgan noyob o‘simlik birikmasi bo‘lib, u ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish, ajinlar va pigmentatsiya kabi bir qator teri afzalliklariga ega. Har kuni ko‘k choy ichish shart emas, EGCG konsentrlangan oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida ham mavjud.
Kollagen
Foto: Marie ClaireKollagen tarkibida ikkita aminokislota, prolin va glitsin mavjud bo‘lib, ular bo‘g‘im, suyak va mushaklarning shakllanishi va tiklanishi uchun zarurdir. Ular terining elastikligi uchun ham javobgardir. Yosh o‘tishi bilan tabiiy kollagen ishlab chiqarish sekinlashadi, shuning tufayli terining elastikligini uzoqroq saqlash uchun kosmetologlar ushbu proteinni oziq-ovqat yoki qo‘shimcha sifatida olishni tavsiya qiladi.
Manba