Tirnoqlar salomatligini tiklashga va mustahkamlashga yordam beradigan 6 ta mahsulot
Kuz va qishda organizm vitamin yetishmasligidan aziyat chekadi, shuning uchun tirnoqlar zaiflashib qoladi va hatto tez-tez sinib ketadi. Marie Claire tirnoqlar salomatligini tiklash va yanada mustahkamlashga yordam beradigan mahsulotlar nomini sanab o‘tdi.
Foto: Marie ClaireApelsin
Foto: Marie ClaireMa’lum bo‘lishicha, apelsin sharbati nafaqat butun organizm, balki tirnoqlarni ham mustahkamlaydi. Gap shundaki, apelsinlar boshqa sitrus mevalari kabi C vitamini va temirga boy. Ushbu meva tirnoqlarning mustahkam bo‘lishiga va mo‘rtlashuvdan qochishga imkon beradi.
Tuxum
Foto: Marie ClaireTuxum eng foydali oziq-ovqatlardan biri ekani azaldan ma’lum. Aytish mumkinki, bu nafaqat tirnoqlar uchun, balki teri uchun ham ozuqa moddalarining manbaidir. Tuxum tarkibida foydali moddalar mavjud bo‘lib, u tabiiy go‘zallikni saqlab qolish uchun juda zarurdir. Biroq qovurilgan tuxum va omletni ko‘p iste’mol qilmaslik kerak, u allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Yong‘oqlar
Foto: Marie ClaireYong‘oqlar nafaqat parhez paytida shirinliklar o‘rnini bosuvchi, balki teri, tirnoq va sochlar uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi vitamin va minerallarning ajoyib manbaidir. Xususan, yong‘oqlar tarkibida rux mavjud bo‘lib, u tirnoqlarning tuzilishini tiklaydi. Yong‘oqlar antioksidant va yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, ular teri va tirnoqlarni imkon qadar sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Dengiz sabzavotlari
Foto: Marie ClaireDarhaqiqat, dengiz mahsulotlari va baliqlar tirnoq va soch salomatligi uchun foydalidir. Dengiz o‘tlari ham ular kabi bu bilan bevosita bog‘liq. Ular tirnoqlarni mustahkamlaydi, shuningdek, organizmni zararli toksinlardan butunlay tozalashga qodir.
Ismaloq
Foto: Marie Claire
Ismaloq organizmning to‘liq tozalanishiga va natijada, tirnoq kabi individual elementlarning tiklanishiga hissa qo‘shadi. Ismaloq tarkibida ko‘p miqdorda foliy kislotasi va temir, shuningdek, B guruhi vitaminlari mavjud. Bu sog‘lom tirnoqlarning tez o‘sishiga va bonus sifatida terini mutlaqo tabiiy yoshartirishga yordam beradi.
Bodring
Foto: Marie Claire
Ma’lumki, bodring deyarli 90 foiz suvdan iborat bo‘lib, bu uning organizmni tozalash uchun ayni muddao ekanini anglatadi, chunki suv har qanday tiklanishda asosiy element hisoblanadi. Bodring organizmni ichkaridan namlashi sababli qo‘llarda pigmentatsiya ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi va tirnoq plastinkasining yorqinligini ta’minlaydi.
Manba