Salomatlik Goʼzallik Tirnoqlarning ko‘rinishini vizual ravishda uzaytirish uchun 5 ta tavsiya (foto)

Tirnoqlarning ko‘rinishini vizual ravishda uzaytirish uchun 5 ta tavsiya (foto)

O'qildi: 423


Tirnoqlarning ko‘rinishini vizual ravishda uzaytirish uchun 5 ta tavsiya (foto)

Sochlar qalin, kipriklar uzun, qoshlar kamon, lab esa g‘unchadek, ustiga-ustak ularning hammasi tabiiy ko‘rinishda bo‘lsa, bu vizajistlarning mahoratidan darak beradi. Bu borada manikyur haqida ham shunday deyish mumkin. Ayollar barmoqlarini va unga mutanosib ravishda tirnoq shaklini uzun ko‘rinishini xohlashi shubhasiz. Buni amalga oshirish soha mutaxassislari uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi, albatta.

Nafis ranglar

Foto: Cosmopolitan

Tirnoqlarni uzaytirishda, albatta, tirnoq shakli va tanlangan rang muhim rol o‘ynaydi. Bo‘yoqlarning rangini tanlashda teri rangini inobatga olishni ham unutmaslik lozim. Bunda oq-sariq rang teriga ega qizlar och pushti va och jigarrang bo‘yoqlardan foydalinishi mumkin. Nisbatan to‘qroq rangdagisi esa bug‘doy rangdagi teri uchun mos keladi. Karamel rangdan esa qorachadan kelgan har qanday xonimlar tirnoqlarini vizual tarzda uzaytirish uchun foydalanishi mumkin. Oq rang esa kalta tirnoq plastinkasiga ega bo‘lganlar uchun umuman tavsiya etilmaydi.

Quyuq rangdagi bo‘yoqlar

Foto: Cosmopolitan

Faqat tabiiy uzun tirnoq egalarigina to‘q rangdagi bo‘yoqlarni ishlatishi mumkin, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Ammo tirnoqlarning shakliga qarab to‘q ko‘k, qizil va hattoki, qora rangdan ham foydalanish mumkin. Buning uchun faqat tirnoq plastinkasining yon tomonini bir-ikki millimetrga bo‘yoqsiz qoldirish kerak. Shundagina tirnoqlar shakli tabiiy uzundek ko‘rinish hosil qiladi.

Oy manikyuri

Foto: Cosmopolitan

Tirnoqlarni vizual ravishda uzaytiruvchi eng zamonaviy usullardan biri – tirnoq ichiga yarim oy bezagini berishdir. Tirnoqlarning ichki burchaklariga yarim oy shakli ochroq yoki to‘qroq, umuman, tirnoq uchun tanlangan bo‘yoqdan farqlanib turishi kerak. Ikki qarama-qarshi rang natijasida tirnoqlar uzunroq ko‘rinishi mumkin.

Fransuzcha manikyur

Foto: Cosmopolitan

Birinchidan, fransuz manikyuri hamisha naozkatli ko‘rinadi. Ikkinchidan, tirnoqlarni uzaytiradi. Uchinchidan, fransuz manikyuri uchun turli xil rang kombinatsiyalaridan tajriba qilib ko‘rish mumkin. Fransuzcha manikyur uchun qarama-qarshi rang tanlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, muhimi, ular bir-xil bo‘lmasligi kerak.

Bezaklar

Foto: Cosmopolitan

Naqsh, tosh, ko‘z, yaltiroqlar – bularning barchasi tirnoqlarni uzaytirish uchun qo‘l keladigan bezaklardir. Eng asosiysi, ularning sonini oshirib yubormaslikka harakat qilish kerak. Masalan, tirnoq boshidan boshlab yuqoriga qarata terilgan toshlar ham ularni uzun ko‘rsatishi mumkin. Bunday bezaklar berishda gorizontal chiziqlardan ham foydalanish mumkin. Muhimi, ranglar o‘rtasida kontrast yaratishdir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.